NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI bilimdon munosib notiqlarni taqdirladi
So’z sehrini qalb mehri bilan anglagan, o’zining nutqiy faoliyati bilan yurt ishiga, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shib kelayotgan notiqlar munosib taqdirlandi.
Oddiy to’y davralarini, yubiley tantanalarini o’tkazadigan o’rtakashdan tortib yuksak minbarlardan yangraydigan nutqlargacha barchasi jonli va ta’sirchan bo’lishi bilan tinglovchini befarq qoldirmaydi. Bu notiqlik san’atining o’rni bilan chambarchas bog’liq. Urush va tinchlik sharoitida ham Nutqning ta’sirchan qudrati bilan murakkab masalalar hal etilganiga tarix shohid.
So’z va nutqning qudrati notiqning nutqida alohida ahamiyat kasb etadi . Shuning uchun ham notiqlikni dudama — ikki tomonlama tig’li, ya’ni ikki damli hanjarga qiyos qilishadi. Uning bir yonida adolat tursa, ikkinchi yonida adovat. Uni qilich va nayza singari kim yaxshi ishlata olsa shunga xizmat qiladi. Yot- yov g’oya undan foydalanishidan oldin, biz uning ta’sirchan uslublari, muloqot mexanizmlaridan foydalanish yo’llarini bilaylik. Notiqlik san’ati akademiyasi ana shu xayrli va marifiy harakatni maqsad qilgan holda taqdirlov tadbirlarini o’tkazmoqda.