MUHIM MUAMMOLARGA MUNOSIB MUNOSABAT
Nufuzli davrada oliy minbardan turib umumbashariy muammolarni ko‘tarish insoniyat taqdiri uchun kuyunish chinakam jasorat desak, xato bo‘lmaydi. 19 sentyabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi Prezidentimiz nutqi ana shu fikrga asos bo‘ladi. Nutqning ruhi va mazmunida uch asos ufurib turdi. Bular hamjihatlik, amaliy hamkorlik va umumiy manfaatlardir. Tabiiyki, mavjud muammolarning yechimi mamlakatlarni maqsadlar yo‘lida jipslashtirishga daxldordir. "Biz o‘tgan yili umumiy xavfsizlik va taraqqiyotga qaratilgan “Samarqand birdamlik tashabbusi”ni ilgari surdik. Asosiy maqsadimiz mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli uchun mas’uliyatni har tomonlama chuqur anglash, ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global muloqotga jalb qilishdan iborat",...
Continue reading