9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yangiliklar

notiq.uz > Yangiliklar (Page 24)

ISH UNUMI, SOG’LOM MUHIT KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIK BILAN  

(Muloqot maktabi va muomala madaniyati) (Hamkorlik rishtalari yoxud so‘zlash, tinglash va anglash madaniyati) Xayrli va manfaatli harakat, ma’rifiy maqsad va tashabbuskorlik taraqqiyot tushunchasining mazmun va mohiyatini ochib beradi. Faoliyatning ikki qanoti bor - biri tashabbuskorlik bo‘lsa, ikkinchisi tashkilotchilikdir. Shunday ekan, mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligiga xizmat qiladigan har qanday g‘oya va tashabbuslar davlat va hukumatimiz tomonidan qo‘llab - quvvatlanayotgani Yangi O‘zbekistonning ruhi va shukuhiga monand. Barcha pirovard maqsadlarning ro‘yobiga xizmat qiladigan harakatlar bevosita va bilvosita uchta tushunchaga borib bog‘lanadi. Bular, so‘zlash, tinglash va anglashdir. So‘zlash ma’rifatdan, tinglash madaniyatdan, anglash esa ma’naviyatdandir. Bular jamlangan holda muloqot etiketi va muomala madaniyati, boshqacha aytganda, notiqlik san’atining...

Continue reading

Notiqlar taqdirlandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va jadal bunyodkorlik ishlari, ma’naviy va ma’rifiy sohadagi tub o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga aniq, ravon va ta’sirchan usullarda yetkazish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu tarixiy jarayonlarni ta’lim va tarbiya, kasbiy mahorat uyg‘unligini ta’minlab, aholi qatlamlariga va xalqaro hamjamiyatga faol targ‘ib etib kelayotgan, xalq bilan muloqot jarayonlarida notiqlik san’ati usullaridan mahorat bilan foydalanayotgan jonkuyar, fidoyi va iste’dodli ijodkorlar doimiy ravishda rag‘batlantirib borilmoqda.  Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va “Notiqlik san’ati akademiyasi” ta’lim markazi bilan hamkorlikda turli vazirlik va idoralar, madaniyat va ma’naviyat tizimlarida, jurnalistika sohasida samarali mehnat qilayotgan va nutqiy faoliyati bilan ibrat-namuna bo‘layotgan bir...

Continue reading

Notiqlar taqdirlandi (foto)

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi va «Notiqlik san’ati akademiyasi» ta’lim markazi hamkorligida turli vazirlik va idoralar, madaniyat va ma’naviyat tizimlarida, jurnalistika sohasida samarali mehnat qilayotgan va nutqiy faoliyati bilan ibrat-namuna bo‘layotgan bir guruh kasb egalarini turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. «Ijtimoiy-ma’rifiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda og‘zaki va yozma nutqni yaxshi o‘zlashtirishni rag‘batlantirish, bunday ma’rifiy maqsadga qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash ushbu marosimning muhim shartidir», — deydi ta’lim markazi rahbari, professor Rahimboy Jumaniyozov. «Notiqlik san’ati akademiyasi» ta’lim markazi mutaxassislari tomonidan bir yil davomida olib borgan turli tadqiqotlar va o‘rganishlar tahlillari orqali ona tilimizning betakror nafosati va boy imkoniyatlarini kreativ muloqot usullaridan unumli foydalangan...

Continue reading

NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI bilimdon munosib notiqlarni taqdirladi

So'z sehrini qalb mehri bilan anglagan, o'zining nutqiy faoliyati bilan yurt ishiga, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib kelayotgan notiqlar munosib taqdirlandi. Oddiy to’y davralarini, yubiley tantanalarini o’tkazadigan o’rtakashdan tortib yuksak minbarlardan yangraydigan nutqlargacha barchasi jonli va ta’sirchan bo’lishi bilan tinglovchini befarq qoldirmaydi. Bu notiqlik san’atining o’rni bilan chambarchas bog’liq. Urush va tinchlik sharoitida ham Nutqning ta’sirchan qudrati bilan murakkab masalalar hal etilganiga tarix shohid. So’z va nutqning qudrati notiqning nutqida alohida ahamiyat kasb etadi . Shuning uchun ham notiqlikni dudama - ikki tomonlama tig’li, ya’ni ikki damli hanjarga qiyos qilishadi. Uning bir yonida adolat tursa, ikkinchi yonida adovat. Uni qilich va nayza...

Continue reading

  MUSTAQIL MAMLAKAT MADHI

Mashriqzaminda ham, Yunon va Rim davlatchilik tarixida ham madhiya, faxriya, qasida ma’nolarini ifoda etuvchi o‘sha davr hukmdorlari va davlatchilikni madh etishga qaratilgan nazmiy shaklda, epideyktik (tantanavor) ohangda bitiklar bo‘lgan. Bularda faxrlanish tuyg‘usi va g‘ururlanish hissi bor. Unda tan olish, ehtirom zamiridagi e’tirof ustunlik qilgan. Shunday ekan, mustaqil davlatning madhiyasi o‘z ifodasi, ohangi bilan mag‘rur jaranglashga haqli. Unda o‘z xalqining tiynati, qalbu qiyofatidan, mamlakatining tabiatiyu boyligidan iftixor qilish hissi mavjud. U mustaqil davlatning ramzlaridan biri, iqbol va istiqbolning timsoli  sifatida mohiyat kasb etadi. Shuningdek, unda uch birlik mezoni - kecha, bugun, erta tushunchalariga ishora ham mavjud. O‘z xalqi mansub bo‘lgan davlatning o‘tmishi,...

Continue reading

QO’SHILMASLIK HARAKATI G’OYALARIGA QO’SHILISH

Mamlakatlararo manfaatlar birligi maslahat va kengashlar orqali natijali bo‘lishiga tarix shohid. Garchi zamon va makon ularning uchrashishlariga izn bermagan bo‘lsa ham ruhan va ma’nan ustoz - shogird sifatida biz ikki xalqning buyuk mutafakkirlari Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning qarashlarida hamdo‘stlik g‘oyalarining uyg‘unligini bilamiz. Joriy yilning 2 mart kuni Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievlarning Bokudagi uchrashuvida ham ana shu hamdo‘stlik va hamkorlikning ifodasi namoyon bo‘ldi hisobi. Prezidentimiz o‘z minnatdorchiligini bildirish asnosida Ozarbayjon yetakchisi raisligi davrida Qo‘shilmaslik harakatining Xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzini keskin oshganligini ta’kidlab o‘tdi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, Qo‘shilmaslik harakati - harbiy-siyosiy bloklar va guruhlarda qatnashmaslikni o‘z...

Continue reading

MUVAFFAQIYATNING UCH TOMIRI

Prezidentimiz ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ma’naviy - ma’rifiy muhitni zamon talabiga moslash, o‘qituvchi kasbining, nufuzini oshirish, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’limga joriy etishga katta e’tibor qaratish masalalariga jiddiy yondashish va shu bilan birga, o‘qituvchilar oyligini oshirish va rag‘batlantirib borish borasidagi islohotlari o‘z natijasini ko‘rsatayotgani sir emas. Demak, bu esa bizning erishayotgan yutuqlarimizning tasodifiy emasligining kafolatidir. Ta’lim tizimida erishilayotgan muvaffaqiyatlar, avvalo davlatimiz rahbarining sohaga e’tibori va rahnamoligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan pedagogik jamoaning yakdilligi, ilm-fanga va o‘z kasbiga bo‘lgan mas’uliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu...

Continue reading

Ko‘ngil mulkining muhrdori

(Ilm mehri, ta’lim muhri bilan) Ta’lim va muloqotning kaliti nutq bilan, tarbiya va muomalaning kaliti xulq bilan ekani haq. Ayniqsa, rahbarlik faoliyatida buni o‘z tabiati va tiynatida uyg‘unlashtira olgan inson  boshqaruv mexanizmini teran idrok etgan bo‘ladi. Chunki ko‘pgina muvaffaqiyatlarning garovi aynan shunga bog‘liq. Rahbar xodimning oqil va odilligi, o‘zidan ko‘ra o‘zgalarni ko‘proq o‘ylashi, to‘g‘ri xulosa chiqarib, ijobiy hal etishi ko‘pgina muammolarning yechimi ekanini inkor etib bo‘lmaydi. Oddiy tashkilot, idora va muassasalardan tortib vazirlik va qo‘mitalargacha rahbarlik tizimi, boshqaruv mexanizmi muhim muammo. Shuning uchun ham davlatimiz rahbarining ilk prezidentlik faoliyatini boshlagan paytlaridagi birinchi kitobi xuddi shu masalaga qaratilgan. Kitob nomidanoq, maqsad anglashilib turibdi....

Continue reading

TAYANCH VA SUYANCH USTUNI

Xalq bilan taniqli ijodkorlarning, san’at va madaniyat ahlining muloqoti ruhiyatning tetik va kayfiyatning ko‘tarinki bo‘lishiga zamin hozirlashi aniq. Mana, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan ushbu xayrli va ma’rifiy harakat o‘z samarasini berayotgani aniq. Bugungi kundagi sa’yi harakatlarimiz, olib borilayotgan siyosat va islohotlarning mazmun-mohiyatini anglash va anglatish bobida katta ahamiyat kasb etayotgani ham rost. Ma’naviyat festivali doirasidagi Madaniyat karvonining ayni muddaosi ham shunda. Bu gal sirdayoliklar bilan boshlangan samimiy muloqot va ijodiy suhbatlar ham barchamizga zavq baxsh etayotganidan mamnunmiz. O‘zining uzoq tarixiga ega, yunonlar Yaksart deb atagan, arablar Sayhun nomi bilan yuritgan Sirdaryoning siri,  sirdaryoliklar ta’siri bu qutlug‘ go‘shaning asiri, maftuni bo‘lishga chorlaydi....

Continue reading

SERMAZMUN UMR MEZONI YOXUD BAXT DARAXTI

Ajdod va avlodlarning uzilmas birligi sulola demakdir. Sulola so‘zining ma'nodoshlaridan biri shajaradir. Shajar arabcha so‘z bo‘lib, ma'nosi daraxt demakdir. Daraxtning ildizi, tanasi, shoxu novdalari, bargu mevalari bo‘ladi. Bu sulolaning, naslning ramziy mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Daraxtning ildizi, tanasi baquvvat bo‘lsa u meva ham, soya ham beradi, albatta, mevali daraxt bo‘lsa. Daraxtning qiymati uning soyasi va mevasida bo‘lsa jamiyatning, xususan insonning mohiyati uning g‘oyasi va shevasida bo‘ladi. G'oya maqsad va orzular, sheva esa yo‘l, usul, hayot tarzi demakdir. Hayot atalmish umr so‘qmoqlarida inson toblanadi. El  eʻtiboriga tushadi, eʻzozlanadi. Buning uchun ibratli hayot yoʻli va munosib faoliyat zarur. Oʻzining ilmi va pedagogik faoliyati bilan jamoamizning...

Continue reading