MARAZNING ARAZI VA G‘ARAZI
Tarixchilarning ham xuddi Gippokratga o‘xshab qasamyodi bo‘ladi, aslida. Bu haqning va xalqning oldida voqelikni ro‘yi rost bo‘yab bejamasdan haqiqatni aytish, yozib qoldirish. Yolg‘on va bo‘htondan so‘z ochish imonning sustligi yoxud imonsizlikning aynan o‘zidir. Rossiya televideniesining NTV kanali orqali chiqish qilgan MIXAIL SLOMIN degan tarixchining asossiz uydirmalari ana shu fikrning isbotidir, desak xato bo‘lmaydi. U Markaziy Osiyo xalqlarining tarixini ham biladi, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, ozarbayjon xalqlarining ham uzoq tarixidan boxabar, ularning xalq, millat sifatidagi o‘rnini, madaniyatini, etnik qatlamini ham yaxshi biladi, ichdan tan oladi ham. Lekin uning paytavasiga qurt tushirgan, g‘azablantirgan, ichini kuydirgan narsa - turkiy tilli tashkilotlarning birligi, ular orasidagi...
Continue reading