HAMKORLIKDAGI DOLZARB MAVZUNING MUHOKAMASI
Joriy yilning 11 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti hamda Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamkorligida «Markaziy Osiyo mintaqasida suv diplomatiyasi mexanizmlaridan samarali foydalanish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi mas’ul xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda OAV ishtirok etdilar. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish masalalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, bunda suv diplomatiyasi mexanizmlaridan samarali foydalanish maqsadlarida davlatlararo ikkitomonlama va ko‘ptomonlama munosabatlarni,...
Continue reading