9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Men haqimda so‘ylasang rostin so‘yla.

notiq.uz > Yangiliklar  > Men haqimda so‘ylasang rostin so‘yla.

Men haqimda so‘ylasang rostin so‘yla.

Men taqir yerda o‘sdim va bir o‘zim

  Mingta bilan olishdim, buni o‘yla!

Xuddi shunday Abay bilan taqdirdosh ma’rifatparvar adiblardan biri mavlono Muqimiy «gar qilich kelsada boshimga degayman rostin» degan xitoblarini endilikda anglash mumkin.

 Demak, haqparvar va xalqparvar bo‘lgani  uchun ham ularning hayoti silliq kechmagan. Chunki Abay kabi donishmand voizlar o‘zim deb, so‘zim deb tizim va tuzum dushmanlari bilan olishgan. Ular haqiqat egilishi, bukilishi mumkin, lekin aslo sinmasligiga chin dildan ishonganlar.  U insonning o‘zligi uchun ko‘zgu uning so‘zligi ekanligini e’tirof etadi. Shu tobda xalqimizning «o‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar» degan maqoli yodga keladi. Navoiy hazratlarining «So‘zchi holiga boqma , so‘z holiga boq» degan purma’no hikmati ham shu fikrni tasdiqlaydi. Inson kamolotida ta’lim va tarbiya tushunchalari omixta tarzda keladi. Ta’limning kaliti nutq bilan, tarbiyaning kaliti xulq bilan ekanini muloqot va muomala jarayonida nutqiy va xulqiy madaniyat zarur bo‘lishini Abay yaxshi his etgan.   Aql kerak, soz ish kerak, xushxulq kerak,

Er uyalar ishni qilsa bo‘lmay ziyrak.

Shilta, shilqim, asli tagi lo‘ttibozga

Sadoqatli do‘st topilgay juda siyrak.

Birinchidan, inson uchun aql, ikkinchidan munosib kasb-hunar, uchinchidan, xushmuomalalik zarur, aks holda hayotda o‘rni, obro‘si, mavqe va martabasi bo‘lmaydi demoqchi adib.

Boshqa bir shoirning

 «Hayot bu aslida borliq, tiriklik,

G‘am hamda shodlikka bo‘lgan sheriklik,

Do‘stingning dardiga malham bo‘lmasang,

Aytilarmi bunday hayot keraklik»  — degan hikmati bor.  Demak,  baxt birdamlik va hamkorlikda, bir — biroviga kerak bo‘lib yashashlikda. Mana, Abayning nazmiy da’vati va davlati.

Odamzod tiriklikni davlat bilsin,

Aql topsin, mol topsin, halol yursin.

 Abayning ushbu o‘giti uning butun ijodiyotiga, adabiy merosiga muhr bo‘la oladi. Oqillik, sarvatmandlik va halollik jo bo‘lgan qalbda iymon va e’tiqod mujassam bo‘ladi degan hukm bor unda. Uning «Ilm topmay maqtanma», «Qalbingda o‘ting bo‘lsa», «Yoshlikdan bilim izla» degan she’rlarida ham xuddi shu ruh hukmron ekani bilan ahamiyatlidir.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, ikki xalqning do‘stligini ifoda etadigan abadiyatga muhrlangan Abayning ijodi bevosita xalqimizning orzu-umidlari va maqsad intilishlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Shuning uchun ham joriy yilning 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan. Bu qaror tarixiy ildizlari tutash xalqlarning rivojlanish bosqichlarida har tomonlama birdamlik va hamkorlikka da’vat talabi bor. Pirovard maqsadlarni amalga oshirishda esa hammaslaklik va hamkorlik hamisha muhim mezon bo‘la oladi. Bu esa taraqqiyotga kafolat demakdir.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.