9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yangiliklar

notiq.uz > Yangiliklar (Page 19)

Hayot va nafosat timsollari

    Bu qutlug‘ ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, birinchi navbatda muqaddas va mo‘tabar Ona siymosiga ta’zim qilamiz.        Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev e’tirof etganlaridek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.  Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.        O‘nlab opa-singillarimiz “O‘zbekiston Qahramoni”, “O‘zbekiston fan...

Continue reading

YANGI LABORATORIYA — YANGI IMKONIYAT

Global muammolar, umumbashariy masalalar dunyo mamlakatlari uchun  barcha jabhalarda birgalik va hamkorlikni talab etadi. Bu esa muammolarning birdan - bir yechimidir. Shunday ekan, bunday muammolarning kaliti esa bevosita va bilvosita ilmu ta’lim tizimidir.  O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi ana shu harakatning muhim bir bo‘g‘ini desak, xato bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash zarurki, Xitoyning «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi, shu yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lishi, Pekinda bo‘lib o‘tgan ikki tomon OTM uchrashuvlari ta’lim, ilm - fan sohasidagi o‘zaro aloqalarni yangi darajaga olib chiqdi. Bugun "TIQXMMI" MTU va Xitoy Xalq Respublikasining Lanjau universiteti hamkorligida tashkil qilingan Xitoy O‘zbekiston Iqlim o‘zgarishlarini...

Continue reading

MA’RIFATCHILAR SAFARI -MA’NAVIYAT ZAFARI

Ulug‘ maqsadlar sari talpingan xalqning ruhiyati tetik, kayfiyati ko‘tarinki bo‘lishi zarur. Davlatimiz rahbarining joriy yilning 21-22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga safari ayricha mazmun va mohiyat kasb etgani haq. Tashrif paytida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari va xalq bilan muloqot qilish, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash bilan bog‘liq muammo va vazifalarga e’tiborini qaratdilar. Safarning ilk kuni yangi tuman Ko‘kdaladan boshlangani, Chiroqchi, Qarshi, Kasbi, Koson va G‘uzor tumanlarida bo‘lish va xalq bilan muloqotlar davlat rahbarining mahalliy aholiga bo‘lgan mehrini ifoda etsa, ma’naviyat va ma’rifat ahli, teatr va kino san’ati ijodkorlarining o‘z san’atini namoyish etish uchun safarbar etilishi xuddi shu mehrning...

Continue reading

DAXLDORLIK TUYG‘USI BILAN

O‘zining, oilasining, farzandlarining kelajagini o‘ylagan inson vatan tuyg‘usi va oila qayg‘usi degan tushunchalarni teran his etadi. Bu ayni paytda majburiyat burchi va mas’uliyat hissi bor bo‘lgan insonda voqelikka, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga, davr talab etgan masalalarga faol munosabatda bo‘lish zaruratini ham taqozo etadi.  "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi va bo‘lim boshlig‘i, iqtidorli shoira Farog‘at Xudoyqulova, taniqli san’atkorlardan Sherbek Shodiev va Maftuna To‘raevalar bilan birgalikda Mirzacho‘l tumanining chekka qishloqlariga borib, u yerdagi mahalliy aholi bilan uchrashib dildan suhbatlashdik. O‘zbekiston qahramoni Parda Ziyodov hamda "Mo‘tabar ayol", "Mehnat shuhrati" ordenlari sohibasi Dilbar Saidovalar hamrohlik qilishdi.  Ta’lim muassasalari, mehnat jamoalarida referendumning mazmun - mohiyatini...

Continue reading

IBRATDAN IBRAT OLIB

(Premьeradan keyingi o‘ylar) Fidoyilik shaydoyilikdan boshlanadi. O‘z kasbini sevgan inson qiyinchilikdan qo‘rqmaydi, balki mashaqqatni rohat deb biladi. Uning kasbiga sadoqat tuyg‘usi xalqiga bo‘lgan mehr hissi bilan uyg‘unlashib ketadi. Xalqini ma’rifatli qilish, dunyo xalqlari orasida o‘z o‘rniga, rutbasiga ega bo‘lishini chin dildan istash ilinji o‘z eliga bo‘lgan mehr-muhabbatni alangalatmasdan qo‘ymasdi. O‘tgan asrning boshlarida ana shunday kayfiyatda va harakatda bo‘lgan ziyoli, ma’rifatparvar adiblar haqning, tarixning bizga in’omidir. Afsuski, ularning hayoti silliq kechmagan. Taqdir sinovlariga dosh berib, iztiroblar iskanjasida bo‘lsa-da, o‘z xalqi ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida jonini qurbon qilishgacha borishgan.         Ana shunday fidoyi ma’rifatparvarlardan biri Is’hoqxon to‘ra Ibratdir. Uning o‘rnak bo‘larlik, nomlariga monand ibratli ishlari...

Continue reading

KURS TINGLOVCHILARI O’Z TAASSUROTLARI BILAN O’RTOQLASHDILAR.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rustam Abdunazarov: madaniyat so‘zi keng qamrovli tushuncha. Yurish-turish, ko‘rinish-kiyinish madaniyati va hokazo. Ular ichida ajralib turadigani nutq  madaniyati ekanini yana bir bor his etdim. O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar degan xalq maqoli bejiz yaratilmaganini uqdim. Ish jarayonida so‘zlashish, muloqot madaniyati barchaga birdek zarur. Nutq mahoratini, ayniqsa, vazirligimiz tizimidagi barcha xodimlar, ijodkor, san’atkorlar hammalari egallashi kerak. Chunki vazirligimiz nomidanoq bu anglashilib turibdi. To‘g‘ri, keyingi paytlarda ayrim rahbar xodimlarning omma bilan muloqot jarayonida vulgar so‘zlar, haqoratomiz iboralarni qo‘llash holatlari kuzatildi. Bu esa madaniyatli inson, ma’naviyatli rahbar xodim portretiga...

Continue reading

SAMARALI TASHRIF TAASSUROTLARI

Davlat rahbarlarining o‘zaro taklif va tashriflarida har ikkala mamlakat va xalq uchun manfaatli hamkorlik masalalari asosiy maqsad bo‘lishi tabiiy holdir. Har tomonlama hamkorlik zamirida mamlakatlarning taraqqiyoti va farovonligi masalalari yuzaga chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Misrga ikki kunlik rasmiy tashrifida ham xuddi shu maqsad o‘z natijasini ko‘rsatdi. Tashrifning ikkinchi kunida Prezident Abdulfattoh as-Sisi bilan o‘tkazilgan muzokaralar va yakunda davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonot qabul qilishlari, ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasida hujjatlarning imzolanishida ham yuqoridagi mulohazalarning yaqqol ifodasini ko‘rish mumkin. Istaylik, istamaylik, tarixdagi mushtaraklik rishtalari nafaqat savdo-sotiq, balki adabiy-madaniy jabhada ham bo‘y ko‘rsatganini ta’kidlash o‘rinlidir. Birgina misol sifatida arab dunyosi bilan turkiy...

Continue reading

KURS TINGLOVCHILARINING TAASSUROTLARI

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rustam Abdunazarov: madaniyat so‘zi keng qamrovli tushuncha. Yurish-turish, ko‘rinish-kiyinish madaniyati va hokazo. Ular ichida ajralib turadigani nutq  madaniyati ekanini yana bir bor his etdim. O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar degan xalq maqoli bejiz yaratilmaganini uqdim. Ish jarayonida so‘zlashish, muloqot madaniyati barchaga birdek zarur. Nutq mahoratini, ayniqsa, vazirligimiz tizimidagi barcha xodimlar, ijodkor, san’atkorlar hammalari egallashi kerak. Chunki vazirligimiz nomidanoq bu anglashilib turibdi. To‘g‘ri, keyingi paytlarda ayrim rahbar xodimlarning omma bilan muloqot jarayonida vulgar so‘zlar, haqoratomiz iboralarni qo‘llash holatlari kuzatildi. Bu esa madaniyatli inson,...

Continue reading

MUHIM MUAMMOLARGA MUNOSIB MUNOSABAT

Nufuzli davrada oliy minbardan turib umumbashariy muammolarni ko‘tarish insoniyat taqdiri uchun kuyunish chinakam  jasorat desak, xato bo‘lmaydi. 19 sentyabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi Prezidentimiz nutqi ana shu fikrga asos bo‘ladi. Nutqning ruhi va mazmunida uch asos ufurib turdi. Bular hamjihatlik, amaliy hamkorlik va umumiy manfaatlardir. Tabiiyki, mavjud muammolarning yechimi mamlakatlarni maqsadlar yo‘lida jipslashtirishga daxldordir. "Biz o‘tgan yili umumiy xavfsizlik va taraqqiyotga qaratilgan “Samarqand birdamlik tashabbusi”ni ilgari surdik. Asosiy maqsadimiz mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli uchun mas’uliyatni har tomonlama chuqur anglash, ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global muloqotga jalb qilishdan iborat",...

Continue reading

IKKI ELNING YAKDILLIGI TARAQQIYOT TANTANASI

Faoliyatning ikki qanoti bo‘ladi, biri tashabbuskorlik bo‘lsa, ikkinchisi tashkilotchilik. Ana shu qo‘shqanotlik faoliyatga mezon bo‘lsa, mamlakatning ravnaqi, xalqning farovonligi haqida baralla gapirsa bo‘ladi. Davlatimiz rahbarining kuni kecha Qoraqalpog‘istonga tashrifi paytida ana shu uyg‘unlik va munosabatlarning ifodasini ko‘rish mumkin. Yakdillik maqsadlarning mushtarakligidir. Og‘izbirlik ahillik, do‘stlik, eng muhimi, tinchlikning tayanchi, ellarning quvonchi. Ulug‘ shoir Maxtumquli iborasi bilan aytganda, "og‘iz olalik ayirar elni birlikdan." Darhaqiqat, birgalik va birdamlik va bardamlikning hikmati ham shunda. Xalqning hayot tarzi, yashash sharoiti kundan - kunga yaxshilanib borarkan, bu avvalombor, islohot va olib borilayotgan siyosatlarning umidbaxshligidan nishondir. Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda xuddi shunga monand mulohazalarni alohida ta’kidlaganlari...

Continue reading