9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yangiliklar

notiq.uz > Yangiliklar (Page 6)

XORIJIY TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI

2025-yil 18-sentyabrda 2-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan 1-bosqich xorijiy talaba qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Yer resurslari va kadastr fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova, Tuproqshunoslik va dehqonchilik kafedrasining o‘qituvchisi D.Murodovalar tashrif buyurishdi. Talaba qizlar bilan yotoqxonadagi muammolar, ularni hal qilish yo‘llari odob-axloq, ichki tartib intizom to‘g‘risida gapirib o‘tildi. Undan tashqari qizlarni turli xil to‘garaklarga a’zo bo‘lishi (tikuvchilik, IT, rassomchilik to‘quvchilik, xorijiy tillarni o‘rganish)to‘g‘risida ham maslahatlar berildi.   Ular bilan birgalikda psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari orqali maslahat va treninglar tashkil etishni ham ta’kidladi. YRK fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti Universitet matbuot xizmati ...

Continue reading

DEKAN KUBOGIGA START BERILDI

17 sentyabry fakultete “Ekologiya i pravo” startoval “Kubok Dekana” po mini-futbolu i voleybolu. Meropriyatiye otkrыl dekan fakulteta X. Pirmatov. Dannыye sorevnovaniya traditsionno provodyatsya na fakultete s selyu povыsheniya interesa k sportu, propagandы zdorovogo obraza jizni, a takje soderjatelnoy organizatsii svobodnogo vremeni studentov. Segodnya takiye vidы sporta, kak mini-futbol i voleybol, yavlyayutsya vajnыm sredstvom ne tolko fizicheskoy zakalki, no i vospitaniya kollektivizma, splochennosti, vzaimnogo uvajeniya i vыnoslivosti. Jelayem udachi vsem komandam, uchastvuyuщim v sorevnovanii! Dekan fakulteta “Ekologiya i pravo” X.R.Pirmatov ...

Continue reading

IlMIY SEMINAR : TAYANCH DOKTORANTNING IZLANISHLARI MUHOKAMA QILINDI

2025-yil 17-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tayanch doktoranti Hushnazarova Dilnoza Raxmanovna o‘zining “Sinergetik yondashuv asosida matolarni oqartirish jarayonini boshqarish tizimining sintezi” mavzusidagi dissertatsiya ishini taqdim etdi.   Mazkur ilmiy taqdimot TIQXMMI MTUda tashkil etilgan 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminarda tinglandi.   Seminarda doktorantning ilmiy izlanishlari keng muhokamaga tortilib, taqdim etilgan ishning nazariy asoslari, ilmiy yangiliklari va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari atroflicha yoritildi. Shuningdek, matolarni oqartirish jarayonida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha keltirilgan yechimlar ishtirokchilar e’tiborini tortdi.   Seminar a’zolari tomonidan ishning mavjud ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar bildirildi....

Continue reading

NASOS STANSIYALARINI YANGILASH BO’YICHA NAMANGAN TARJIBASI OMMALASHTIRILADI

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Ayqiron-1” nasos stansiyasini ko‘zdan kechirdi.   Katta Namangan magistral kanalida joylashgan ushbu nasos orqali 815 gektar yer sug‘oriladi. Lekin agregatlar eskirib ketgani sababli samaradorlik past, isrofgarchilik ko‘p edi. Jumladan, har yili taxminan 6 million kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanardi.   Tadbirkor tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida bu yerga energiya tejamkor agregat va zamonaviy uskunalar o‘rnatildi. Yangilangan tizim yiliga qirq foizgacha elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini bermoqda.   Tejamkorlik bilan birga yangi nasoslarning suv chiqarish quvvati ham yuqori. Bu esa dalalarni sug‘orish ko‘lamini oshirib, hosildorlikni yaxshilashga xizmat qiladi.   Viloyatda ikki yuzdan ortiq nasos stansiyasi bor. Ulardan 43 tasi “Nammotors...

Continue reading

TIQXMMI MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI REKTORI BAHODIR MIRZAYEV UNIVERSITETNING 8-TALABALAR TURAR JOYIDA ISTIQOMAT QILAYOTGAN TALABALARNING YASHASH SHA4OITI BILAN YAQINDAN TANISHDI

Xorijiy va mahalliy talabalar bilan uchrashuv davomida qator masalalarga yechim topildi. Jumladan, xorijiy talabalar uchun maxsus rus va ingliz til guruhlarini tashkil etish, talabalar o‘rtasida futbol va sportning boshqa turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, shuningdek, turkmanistonlik talabalar tashabbusi bilan “Turkmaniston mustaqilligining 34 yilligi” munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etish belgilandi.   Rektor yoshlar bilan suhbat jarayonida ularga ota-onalariga o‘qish va yashash sharoitlaringiz haqida muntazam xabar berib turinglar, ta’limdagi va boshqa yutuqlaringiz bilan ularni doimo xursand qilib yuringlar, deya ta’kidladi. ...

Continue reading

XUSHMANZARA OROMGOHDA BILIMLAR MUSTAHKAMLANADI

 15.09.2025 Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mamlakatimizda ta’lim va yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Buning uchun ko‘plab o‘quv muassasalari qurilib, zamonaviy jihozlanmoqda. Yoshlarga umumiy ta’lim bilan birga iqtidoriga qarab ixtisoslashtirilgan bilimlar ham berilmoqda. Jumladan, 14 ta Prezident maktabi, 201 ta ixtisoslashgan, 2 ta sport va 9 ta ijod maktabi tashkil etildi. Ulardagi o‘qitish va baholash tizimi 1 ming 500 ta maktabda ham joriy etildi. Buning mantiqiy davomi sifatida bilimli o‘quvchilarni saralab, xalqaro darajada tarbiyalashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili Fan olimpiadalari markazi, bu yil xalqaro maktab tashkil etildi. Davlatimiz...

Continue reading

UNIVERSITETIMIZ DOKTORANTI RESPUBLIKA G’OLIBI VA PREZIDENT SOVG’ASI SOHIBI !

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yosh muhandislar va olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-amaliy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish maqsadida Respublika miqyosida nufuzli tanlov tashkil etildi.    Tanlovning asosiy maqsadi — mamlakatimizdagi eng iqtidorli va istiqbolli yosh muhandislarni aniqlash, ularning innovatsion loyihalariga munosib baholar berish hamda kelgusida milliy iqtisodiyot taraqqiyotida ularning munosib hissasini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.   Mazkur tanlovda jami 1900 dan ortiq ilmiy va amaliy loyihalar taqdim etildi. Ular orasida o‘zining samaradorligi, amaliyotga joriy etish imkoniyatlari va innovatsion yondashuvi bilan ajralib turgan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining doktoranti —  Ozodov E’zoz tanlovning g‘olibi sifatida e’tirof etildi.    Universitetimiz yosh olimining loyihasi Respublika bo‘yicha «Eng yaxshi...

Continue reading

TOSHKENT VILOYATIDAGI ULKAN IMKONIYATLAR KO’RSATIB O’TILDI

 11.09.2025 Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-sentyabr kuni Toshkent viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu go‘zal tabiatli va salohiyati yuqori viloyat iqtisodiyoti bugun izchil rivojlanib bormoqda. Keyingi 8-yilda 10 milliard dollar hududiy, 8 milliard dollar tarmoq investitsiyalari kiritilgan, 10 mingga yaqin sanoat, savdo va servis korxonalari ishga tushgan. Oxirgi 3-yilda yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lgan korxonalar soni 1,8 barobar oshib, 1,7 mingga yetgan. Yana aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori korxonalar esa 137 tadan 193 taga ko‘paygan. Natijada oldingi yillarda yillik o‘rtacha eksport 1 milliard dollarga ham yetmagan bo‘lsa, shu yilning 8 oyida bu raqamdan oshgan. Viloyatda xitoylik investorlar tomonidan 2,1 milliard dollarlik...

Continue reading

AHOLI VA QISHLOQ XO’JALIGINI RO’YHATGA OLISH TADBIRLARI O’TKAZILADI

 11.09.2025 Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-sentyabr kuni aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatni rivojlantirish istiqbollarini belgilashda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holatini aniqlash juda muhim. Bunda ro‘yxatga olish dolzarb ahamiyatga ega. Yurtimizda umummilliy ro‘yxatga olish oxirgi marta 1989-yilda o‘tkazilgan. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida” qonun qabul qilinib, aholini har 10-yilda, qishloq xo‘jaligini esa har 5-yilda kamida bir marta ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan. Shu bois, 2021-yilda aholini, 2022-yilda esa qishloq xo‘jaligini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazildi. Lekin to‘laqonli ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun...

Continue reading

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI SANKT-PETERBURG BILAN HAMKORLIK BO’YICHA «YO’L XARITASI «NI AMALGA OSHIRISH MUHIMLIGINI TA’KIDLADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston – Rossiya o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytirish, eng avvalo, Sankt-Peterburg shahri bilan iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘sayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi – o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra hududlar darajasidagi eksport-import hajmi 20 foizga oshdi. Poytaxtimizda Ishbilarmonlik markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etish loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Rossiya delegatsiyasining bu galgi tashrifi chog‘ida metallurgiya, uskunasozlik, yo‘l qurilishi, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, logistika hamda boshqa...

Continue reading