9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

XORIJIY TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI

notiq.uz > Yangiliklar  > XORIJIY TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI

XORIJIY TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI

2025-yil 18-sentyabrda 2-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan 1-bosqich xorijiy talaba qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Yer resurslari va kadastr fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova, Tuproqshunoslik va dehqonchilik kafedrasining o‘qituvchisi D.Murodovalar tashrif buyurishdi. Talaba qizlar bilan yotoqxonadagi muammolar, ularni hal qilish yo‘llari odob-axloq, ichki tartib intizom to‘g‘risida gapirib o‘tildi. Undan tashqari qizlarni turli xil to‘garaklarga a’zo bo‘lishi (tikuvchilik, IT, rassomchilik to‘quvchilik, xorijiy tillarni o‘rganish)to‘g‘risida ham maslahatlar berildi.

  Ular bilan birgalikda psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari orqali maslahat va treninglar tashkil etishni ham ta’kidladi.

YRK fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.