Basir va basirat
Ona tilim - oltin sandig‘im Tilimiz tarixida arab tilidan kirgan “basir” so‘zi “ko‘ruvchi”, “ko‘ra oluvchi”, “kuzatuvchi”, “sezgir”, “o‘ta sezgir” ma’nolarida ishlatilgan. Biroq negadir keyingi davrlarda “basir” so‘zi ko‘zi ko‘r ma’nosida ham qo‘llanadigan bo‘lgan. “Basirat” so‘zi ham “ko‘ruvchanlik”, “ziyraklik”, “sezgirlik”, “o‘tkir zehnlilik” mazmunini ifodalab kelgan. Navoiy davrida olimlar donishmandlar ahlini “basirat ahli” deyishgan. SHoir “Hayrat ul-abror” dostonida shunday yozgan: Sirri haqiqatdin o‘lub bahravar, Ayla basirat ko‘zi birla nazar. Oradan besh asr o‘tib, “basir” so‘zi boshqacha ma’noga keladi. Bu so‘z ko‘zi ko‘r mazmunini ham ifodalaydi. “Navoiy asarlari lug‘ati”ning 1973 yilgi nashrida ham, to‘ldirilgan 1983 yilgi nashrida ham “basir” so‘ziga biror nuqtada “ko‘zi ko‘r” ma’nosida izoh berilmagan. 1983...
Continue reading