9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

 

HAR KIMKI VAFO QILSA, VAFO TOPQUSIDUR

Notiqlik san'ati - Rahimboy Jumaniyozov rasmiy sayti > Yangiliklar  > HAR KIMKI VAFO QILSA, VAFO TOPQUSIDUR

HAR KIMKI VAFO QILSA, VAFO TOPQUSIDUR

Joriy yilning 14 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining katta zalida o‘zbek mumtoz adabiyotining vakili, buyuk shoir, tarixchi, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi Zahriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo Boburning tavallud topgan kuniga 537 yil to‘lishi munosabati  bilan “YAxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy kecha hamda “Bori elga yaxshilig‘ qilg‘il…” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi.[/vc_column_text]

Tadbirda yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, jamoat arboblari, san’atshunoslar, adabiyot ixlosmandlari,  harbiy xizmatchilar, ayni paytda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining talaba – yoshlari, yosh ijodkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati  bilan o‘tkazilayotgan ushbu adabiy-ma’rifiy kechani filologiya fanlari nomzodi, dotsent, xalqaro toifadagi notiqlik bo‘yicha trener – Rahimboy Jumaniyozov olib bordi.

Dastavval, Bobur g‘azali asosida «IQTIDOR» videostudiyasi tomonidan suratga olingan videolavxa berildi. Keyin esa O‘zbekiston Milliy kutubxonasi  rahbariyati tomonidan direktor o‘rinbosari  Nasiba Xoldorovaga so‘z berildi.

Filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos olim – Norqul Bekmirzaev “Boburning xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida tutgan o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist – Gulbahor Erqulova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoirlardan – Zikrilla Ne’matov, Dilorom Murodova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist  – Kursiya Esanova, O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan artist- Turg‘un Beknazarov, Xushovoz xonandalar – O‘lmas Olloberganov,  Nargiza Azimova, maqom ijrochisi  – Ozodbek Tillanazarov, taniqli aktrisa-Nazokat Narzieva  hamda  98151-son harbiy qism komandir o‘rinbosari Axnazarov Abror Qodirqulovichlar qatnashdilar.

Tadbir davomida  O‘zbek Milliy akademik  drama teatri, “Diydor” va Muqimiy teatrlarining etuk aktyorlari, Bobur hayoti va ijodi asosida sahnalashtirilgan spektakllardan lavhalar va she’riy chiqishlar namoyish etildi. El tanigan aktyorlar va hofizlar tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azallari, ruboyilari  hamda ular asosida bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi.

Shuningdek, ushbu tadbir g‘oyasini ifodalash va namoyon etishda yangicha innovatsion usullardan foydalangan holda, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari asosida yaratilgan dramatik asarlar, jarayonni ifodalovchi videoroliklar ko‘rsatildi. Ekranda milliy musiqa asarlari bilan birga notiq Rahimboy Jumaniyozov tomonidan o‘qilgan Bobur g‘azallari yangradi. O‘ZBEKISTON 24 telekanaliga intervyu berishga-da ulgurishdi.

[/vc_column][/vc_row]

No Comments

Leave a Comment