UYG‘ONISH MAS’ULIYAT, UYG‘OTISH MAJBURIYAT
Inson jisman uyg‘oq bo‘lishi mumkin, lekin u ma’nan, ruhan, qalban uyg‘oq bo‘lmasa, maqsadlarining to‘la ro‘yobi bo‘lmas. Mashriqzamin-u mag‘ribzamin mutafakkirlari ham g‘ofillikka qarshi turgan. G‘aflat bandasi - el yurt sharmandasi ekanini e’tirof etishgan. G‘ofillik, g‘aflatda bo‘lish, ko‘plab millat tanlamas illatlarning urchishiga sabab bo‘ladi. G‘ofillik, beparvolik, loqaydlik, o‘zi, oilasi, mahallasi, yurti uchun kuyunmaslik vatan taqdiriga befarqlik hissini tug‘diradi. Loqaydlik esa, ma’lumki, barcha illatlarning ibtidosi. Jamiyatni uyg‘otish kerakligi ham bejiz emas. Harakatda bo‘lgan o‘z yurti, o‘zgalar taqdirini, mamlakat taraqqiyotini o‘ylagan inson bu jarayonga, aslo befarq qaramaydi. G‘ofillik va johillik aslida, egizak tushuncha, bir-biri bilan bog‘lanib ketadi. Insonning aqli, fikri, uning tafakkur tarzini ham chulg‘aydi...
Continue reading