9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yangiliklar

notiq.uz > Yangiliklar (Page 10)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING «MARKAZIY OSIYO — ROSSIYA» FORMATIDAGI IKKINCHI SAMMITDAGI NUTQI.

  Bundan tashqari, onalik va bolalikni muhofaza qilish, mehnat migratsiyasi sohasida ijtimoiy moslashuvga ko‘maklashish dasturlarini qabul qilish, shuningdek, mintaqaviy yo‘nalishlar asosida sayyohlik oqimini kengaytirish dolzarb ahamiyatga ega. Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!   Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tishni istar edim.   Terrorizm, ekstremizm, radikalizm, uyushgan jinoyatchilik, odam savdosi va narkotrafiklarga qarshi kurashda maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yaqin hamkorligini yanada kengaytirish muhim, deb hisoblaymiz.   Yangi kibertahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taklif etamiz.   Afg‘oniston bilan hamkorlikni rivojlantirish va ushbu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishga ko‘maklashish bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish maqsadida yuqori darajadagi maslahatlashuvlarni o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif...

Continue reading

PUTIN TRAMPNING NOBEL OLOLMAGANI HAQIDA GAPIRDI

Nobel qo‘mitasi o‘z obro‘sini yo‘qotmoqda, Tramp esa inqirozlarni hal qilish uchun ko‘p ish qilyapti, deya fikr bildirdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.  Nobel qo‘mitasi “tinchlik uchun hech narsa qilmaganlarga bir necha bor Tinchlik mukofotini bergani” sababli sovrinning nufuzi “katta darajada yo‘qolgan”, dedi Vladimir Putin Dushanbedagi matbuot anjumanida.  “Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiqmi yoki yo‘qligini bilmayman, lekin u murakkab inqirozlarni hal qilish uchun ko‘p ish qildi”, — dedi Putin va AQSh prezidentining tinchlik o‘rnatish tashabbuslarini olqishlab.  Juma kuni ertalab Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olgani e’lon qilindi. Tramp yetti urushni to‘xtatgani uchun o‘zini nufuzli mukofotga loyiq deb bilishini va uni boshqa birovga...

Continue reading

SHAVKAT MIRZIYOYEV PUTINNI TUG‘ILGAN KUNI BILAN TABRIKLADI

7 oktyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa ravnaq tiladi. Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlarining oʻsish surʼatini davom ettirish, yetakchi korxona va kompaniyalarning sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlarining ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar xalqaro va...

Continue reading

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTINING G’ALABA SAMMITIDA TURKIY DUNYONING BIRDAMLIGINI MUSTAHKAMLASH, JAHON SIYOSATI, IQTISODIYOTI VA GUMANITAR SOHADAGI ROLINI OSHIRISHGA QARATILGAN QATOR MUHIM TASHABBUSLARNI ILGARI SURDI

Jumladan: - mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish maqsadida Samarqandda TDT tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazishni taklif etdi; - Strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomani tez fursatda qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi va Turkiy davlatlar tashkilotini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi; - Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik bo‘yicha Doimiy kengashini tuzish va uning Loyiha ofisini Toshkentda joylashtirishni taklif etdi; - Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini shakllantirib, Turkiy davlatlarning Sanoat alyansi, "Turkiy yashil yo‘laklar" tizimi va "Yashil transformatsiya" konsorsiumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi; - Organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Ekspertlar guruhini tashkil etish va turkiy organik mahsulotlarning...

Continue reading

PUTIN TRAMPNI ALDADI -OAV

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh yetakchisi Donald Trampni aldadi va uni o‘ng‘aysiz holga solib qo‘ydi. Bu haqda AQShning Ukraina muzokaralari bo‘yicha sobiq maxsus vakili Kurt Volker “Euronews” telekanaliga bergan intervyusida gapirdi. Bu o‘rinda gap Tramp va Putinning joriy yil 18 avgust kungi telefon orqali muloqotida Rossiya rahbari bergan yolg‘on va’da haqida ketmoqda. 15 avgust kuni ikki davlat rahbari Alyaskada uchrashgan. Uch kun o‘tib, Tramp Oq uyda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi yetakchilarini qabul qilgan. O‘sha kuni tashkil etilgan telefon so‘zlashuvida Putin Trampga Zelinskiy bilan uchrashish va urushni to‘xtatish yuzasidan muzokara o‘tkazishga va’da bergan. “Ammo Putin Trampni aldadi va u bundan darg‘azab bo‘ldi....

Continue reading

YAPONIYADA BIRINCHI MARTA AYOL KISHI BOSH VAZIR BO‘LISHI MUMKIN

Yaponiya bosh vaziri lavozimini birinchi marta ayol kishi egallashi mumkin, deb xabar berdi NHK. Sobiq iqtisodiy xavfsizlik vaziri Sanae Takaiti hukmron Liberal-demokratik partiya rahbarligi uchun saylovida g‘alaba qozondi. Takaiti o‘ng qarashlari va yapon militarizmining ramzi — Yasukuni ibodatxonasiga tashrifi bilan tanilgan. Hozircha u keskin mavzularni ko‘targani yo‘q. Yaponiya bosh vaziri oktyabr oyi o‘rtalarida parlament tomonidan saylanadi. LDP parlamentdagi ko‘pchilik o‘rnini yo‘qotgan bo‘lsa-da, muxolifat yagona nomzod borasida kelishib olish dargumon, shu bois Takaitining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. 2025-yil sentyabr oyi boshida bosh vazir Shigeru Isiba iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi. ...

Continue reading

YEVROPADAGI DAVLAT HUKMDORI TAXTDAN VOZ KECHDI

3 oktabr kuni Lyuksemburgda mamlakatni chorak asr davomida boshqargan buyuk gersog Anrining taxtdan voz kechish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Guillaume, otasining mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan holda yangi davlat rahbari bo‘ldi. Bu haqda xalqaro OAV, jumladan Assocaited Press xabar tarqatdi.  70 yoshli Anrining taxtdan voz kechishi kutilmagan qaror emas. U o‘tgan yili taxtni o‘g‘liga topshirish qarorini e’lon qilgan edi. APning qayd etishicha, 43 yoshli Guillaume Sandxurst Qirollik harbiy akademiyasini tamomlagunga qadar Fransiya va Shveysariyada tahsil olgan. U bir qator yirik xalqaro kompaniyalarda ishlagan. U rafiqasi grafinya Stefani de Lannoy bilan 5 va 2 yoshli ikki o‘g‘ilni voyaga yetkazmoqda.  Xabar qilinishicha, shahzodaning toj kiyish...

Continue reading

MA’RIFAT SOATI- ILM IBODATI

Joriy yilning 2-oktyabr sanasida “TIQXMMI”- MTU “Gidromelioratsiya” fakultetining 1-bosqich talabalari uchun “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. “Ma’rifat darsi”ni O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi professor Rahimboy Jumaniyozov olib bordi. Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh assambleyasining 80 – sessiyasidagi nutqi borasida quyidagi ma’lumotlarni berib talabalar bilan intellektual o‘yin o‘tkazdi.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Bosh Assambleyasining 80 yillik yubiley sessiyasida nutqida global muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlikning muhimligini ta’kidladi. Prezident Mirziyoyev Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, inson huquqlarini himoya qilish va terrorizmga qarshi kurashish kabi masalalarga alohida e’tibor...

Continue reading

FILIPPINDAGI ZILZILADA SALKAM 70 KISHI HALOK BO‘LDI

Filippindagi zilzila qurbonlari soni 69 nafarga yetdi. Bu haqda hukumat brifingi ma’lumotlariga asoslanib Reuters xabar berdi. Kecha, 30-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00 lar atrofida (O‘zbekiston vaqti bilan 19:00) Sebu muzofoti sohillari yaqinida 6,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan. Zilziladan so‘ng bir nechta aftershok qayd etildi, ulardan eng kuchlisi 6 ballni tashkil etdi.Tabiiy ofat qurbonlarining barchasi — sebuliklar. Bundan tashqari, 150 kishi jarohatlangan. Yer silkinishidan San-Remijio munitsipaliteti talafot ko‘rdi. Aholisi 3,5 mln kishiga yaqin Sebu Filippindagi eng ommalashgan sayyohlik yo‘nalishlaridan sanaladi. Filippin Tinch okeanining faol vulqonlarga boy va zilzilalar ko‘p kuzatiluvchi «olovli halqasi»da joylashgan. 2023-yilda mamlakatda 6,7 magnitudali...

Continue reading