9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

“JAHOLATGA QARSHI- MA’RIFAT BILAN KURASH!» MAVZUSIDA MA’NAVIY- MA’RIFIY UCHRASHUV

notiq.uz > Yangiliklar  > “JAHOLATGA QARSHI- MA’RIFAT BILAN KURASH!» MAVZUSIDA MA’NAVIY- MA’RIFIY UCHRASHUV

“JAHOLATGA QARSHI- MA’RIFAT BILAN KURASH!» MAVZUSIDA MA’NAVIY- MA’RIFIY UCHRASHUV

  2025-yil 22-oktyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi Melikuziev Jahongir Valijonovich ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

  Ushbu uchrashuvda universitetning professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirok etdilar. Tadbirda yoshlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, turli xil g‘arazli g‘oyalar va manfur illatlarga qarshi ma’rifat orqali kurashish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

  Melikuziev Jahongir Valijonovich o‘z ma’ruzasida zamonaviy tahdidlar, diniy ekstremizm va radikalizmning yoshlar ongiga salbiy ta’siri hamda ularning oldini olishda oila, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilikning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari muhim o‘rin tutadiganini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarning ma’naviy immunitetini kuchaytirishda kitob mutolaasi, sog‘lom muhit va ma’rifiy targ‘ibot ishlari katta ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

  Uchrashuv yakunida talabalar va o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzuda erkin fikr almashdilar. Bunday tadbirlar yosh avlodning ma’naviy kamolotiga xizmat qilish bilan birga, ularni barqaror hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.