9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

ENERGIYA SARFI TEJAMKORLIGI BO’YICHA TAQDIMOT

notiq.uz > Yangiliklar  > ENERGIYA SARFI TEJAMKORLIGI BO’YICHA TAQDIMOT

ENERGIYA SARFI TEJAMKORLIGI BO’YICHA TAQDIMOT

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalasi nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki ekologik barqarorlik, jamiyat taraqqiyoti va insoniyat kelajagi uchun ham beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-77-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-sentyabrdagi 03/14-3372-son xati asosida akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar va oliy ta’lim muassasalari uchun “Energiya sarfi tejamkorligi” savodxonligi bo‘yicha maxsus kurs ishlab chiqildi.

  Mazkur kursning bosh maqsadi – yosh avlodda energiyadan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish, ekologik ongni mustahkamlash va tejamkorlikka yo‘naltirilgan hayot tarzini qaror toptirishdir. Bu orqali har bir o‘quvchi va talaba energiya iste’moli ortidagi ilmiy asoslarni, iqtisodiy va ekologik oqibatlarni chuqur anglaydi.

  2025-yil 17–19-sentyabr kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, «Energetika» fakulteti talabalariga mazkur maxsus kurs doirasida “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Akmal Voxidov interaktiv metodlar va amaliy ko‘nikmalardan foydalangan holda taqdimot va interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

  Taqdimot quyidagi ilmiy-nazariy va amaliy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi:

  1. O‘zbekistonning energetika salohiyati va rivojlanish istiqbollari – mavjud yoqilg‘i-energiya resurslari, qayta tiklanuvchi manbalarning imkoniyatlari va global tendensiyalar bilan qiyosiy tahlil.
  2. Energiya auditi va uning imkoniyatlari – ishlab chiqarish korxonalari va turar joylarda energiya isrofini aniqlash, tejash mexanizmlarini ishlab chiqish hamda iqtisodiy samarani hisoblash.
  3. Yashil energetika va ekologik barqarorlik – atmosfera havosini asrash, chiqindilarni kamaytirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining o‘rni.
  4. Kundalik hayotda energiya samaradorlik va tejamkorlik – maishiy texnika, transport, yoritish va isitish tizimlarida oddiy odatlar orqali katta natijalarga erishish misollari.

  Maxsus kurs yakunida talabalar bir nechta muhim xulosalarga keldilar:

  • •Energiya tejamkorligi avvalo shaxsiy odatlardan boshlanadi – chiroqni o‘chirib qo‘yish, suv nasosidan oqilona foydalanish, ortiqcha isitish yoki sovitishni kamaytirish kabi oddiy odatlar katta natijalar beradi.
  • •Energetik mustaqillik – milliy taraqqiyot kaliti – energiya isrofiga chek qo‘yish mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlaydi.
  • •Tabiiy boyliklarni asrash – ma’naviy burch – energiya madaniyatini shakllantirish nafaqat ilmiy-texnikaviy, balki ma’naviy-axloqiy masala hamdir.
  • •Innovatsion yechimlar zarurati – yangi energiya samarador qurilmalar, aqlli tizimlar, raqamli monitoring va boshqaruv texnologiyalarini ishlab chiqish yosh mutaxassislarning vazifasiga aylanishi lozim.

  “Energiya sarfi tejamkorligi” savodxonligi bo‘yicha maxsus kurs nafaqat energiya samaradorligi bo‘yicha nazariy bilim berdi, balki talabalarni ijodiy fikrlashga, mas’uliyatli qaror qabul qilishga, ekologik ongli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga undadi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda har bir yoshning energiya madaniyatiga ega bo‘lishi — O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va yashil kelajagi uchun mustahkam zamin yaratadi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Akmal Voxidov axboroti

Universitet matbuot xizmati 

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.