TA’LIMDAGI ILLATLAR ILDIZI
Kasallikni ma’lum muddat mobaynida uzluksiz ravishda tizimli muolajalar bilan davolash mumkin. Lekin ijtimoiy hayotda shunday bir illat borki, uni butunlay tag tubi bilan quritishning iloji bo‘lmayapti. Bu koronavirus kabi butun dunyoga yoyilgan korrupsiya balosidir. Taraqqiyotga to‘siq, rivojlanishga g‘ov bo‘layotgan ushbu illat, ayniqsa, ta’lim va o‘qishga qabul masalarida yaqqolroq ko‘zga tashlanayotgani sir emas. Bu haqda hukumatning qonun va qarorlari qabul qilingan bo‘lsa ham, pora berish va pora olish bilan bog‘liq jinoyatlar televidenie orqali namoyish qilinayotgan bo‘lsa ham baribir uning oldini olishdagi muammolar yechilmayapti. 9 iyul kuni soat 11.00da Respublika Oliy ta’lim Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan ZOOM dasturi orqali tashkil etilgan onlayn yig‘ilishida...
Continue reading