9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

BLOGER VA HUQUQSHUNOS BILAN ONLAYN MULOQOT

notiq.uz > Yangiliklar  > BLOGER VA HUQUQSHUNOS BILAN ONLAYN MULOQOT

BLOGER VA HUQUQSHUNOS BILAN ONLAYN MULOQOT

Ma’lumki, muayyan muddat har xil voqealar, turli mish-mishlar bilan o‘z-o‘zini piar qiluvchilarning ayrimlari ham bloger deb yuritildi. Lekin ularning ichida nima, qachon, qayerda savollariga javob izlab xabar beruvchi blogerlardan ko‘ra voqelik va jarayonni sinchiklab o‘rganish asnosida nega, nima uchun, nima maqsadda degan savollar bilan tahliliy nazardan o‘tkazuvchi blogerlarning faoliyati tahsinga sazovor. Huquqshunos va bloger Xushnudbek G’ayratovich ana shulardan biridir.
Xabaringiz bor, bugungi kunda Pandemiya davrida, Karantin sharoitida ko’plab tashkilotlarda xususan, Oliy ta’lim muassalarida online konferensiyalar, online forumlar, online uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Biz, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandilari instituti faol talabalari ana shunday tashabbuslarni ilgari surib, ko’plab talabalar xohish va istaklaridan kelib chiqib Online suhbatlar o’tkazishni reja qildik.
Bugungi, mehmonimiz Huquqshunos, Bloger, ta’lim sohasida jamiyatga, yoshlarga ko’plab tahliliy ma’lumotlarni ulashib kelayotgan Xushnudbek Xudoyberdiyev bo’ldi. Dastlab, ishtirokchilar Zoom orqali ro’yхatga olindi. Online suhbatni Respublika Oliy ta’lim Kengashi raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori, ustozimiz Umurzakov O’ktam Pardayevich ochib berdilar hamda yig’ilganlarga online suhbat yuzasidan o’zining iliq fikrlarini bildirib o’tdilar.
Zoom dasturi orqali bo’lib o’tgan Online suhbatda 420 dan ortiq ishtirokchilar atnashishdi hamda bir vaqtning o’zida Fecebook ijtimoiy tarmog’i orqali jonli efirda atnash ko’plab yurtdoshlarimiz hamatnash ishtirok etishdi. Online suhbat samimiy, mulohazali, oddiy va albatta ko’tarinki kayfiyatda boshlandi. Online suhbatga Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor R.Choriyev, Institut faol yoshlari jamoasi a’zolari A.Berdimurodov, D.Akbarov, U.Manzirboyevlar moderatorlik qilishdi.
Xushnudbek Xudoyberdiyev so’z berilishidan oldin prorektor R. Choriyev uning tarjimai holi bilan muxtasar shaklda tanishtirib o‘tdi. Xushnudbek yig’ilganlarga o’zining soha yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdi. Keyin, esa interaktiv savollarga navbat berildi. Moderatorlar tomonidan talabalarning va ishtirokchilarning ta’lim tizimiga doir savollari berildi.
Iqtidorli bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev savollarning har biriga imkon qadar javob berishga harakat qildi hamda buni uddaladi. Ta’lim sohasidagi islohotlar, kelgusi rejalar va bugungi kundagi sohadagi o’zgarishlarga alohida to’xtalib, o’zining shaxsiy fikrlarini bildirdi. Akmal Berdimurodov, Ulug‘bek Manzirboyev, Dilmurod Akbarovlar moderator sifatida muxlislarning savollarini yetkazib tadbirga jon baxsh etib turishdi.
Mehmonning oliy ta’lim tizimida o‘z nomi bilan ta’lim yetakchi bo‘lishi kerak, tarbiyani esa oilada, ota-ona berishi shart mazmunidagi mulohazalari bir muncha bahstalab bo‘ldi. Bunga e’tirozan institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov har bir davlatning, xaqning o‘z mentaliteti borligi, ma’naviy-milliy qadriyatlarga egaligini e’tirof etdi. Ayni paytda uning bloger sifatidagi faoliyati «Notiqlik san’ati akademiyasi» ta’lim muassasasinig maxsus sovriniga ega bo‘lgani bilan qutladi.
Shunday ekan, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi. Bu shunday jips bog‘langanki, bamisoli bir tanganing orqa va old tomonidir, boshqacha aytganda, et va tirnoq kabidir. Chunki, ta’limda tarbiya, tarbiyada ta’limning tomizg‘isi bor. Tadbirlarning ko‘proq o‘tkazilishidan ko‘ra, uning ta’sirchanligi natija berishi kerakligi qayd etildi. Hisobot uchun tadbir o‘tkazilishining ahamiyati iamligi, e’tirof etildi. So‘ngra unga javoban Oliy ta’lim vazirligining boshqarma boshlig’i Otabek Bozorov so’z olib o‘z mulohazalarini bildirdi. Tadbirlar shunchaki nomiga emas, talabalarni darsdan olish badaliga emas, balki, qiziqarli tarzda, ta’sirchan shaklda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligini e’tirof etib, Ommaviy axborot vositalarida chiqish uchungina emas, ma’naviy tadbirlarimiz o‘z o‘rniga, maqsadiga ega bo‘lishini qayta-qayta uqtirdi. So‘ngra TIQXMMIda 20 yildan ziyod muddat mobaynida faoliyat yuritgan professor Jumaniyoz Ramatov ham o‘zining keskin mulohazalarini bidirdi. Shu asnoda Xushnudbek barcha savollarga to‘la javob bermagani, aytgan fikrlari o‘zining shaxsiy mulohazalari ekanini ham ta’kidladi.
Shu bilan Xushnud Xudoyberdiyev ishtirokida o‘tkazilgan jonli, bahsli tarzdagi masofaviy muloqot nihoyasiga yetdi va unga o‘z vaqtini ayamasdan muloqotga rozi bo‘lgani uchun institut rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.

INSTITUT MATBUOT XIZMATI

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.