9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yangiliklar

notiq.uz > Yangiliklar (Page 12)

KARANTIN QOIDASI – SALOMATLIK FOYDASI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text] Yo‘l harakatlaridan tortib gigiyena qoidalarigacha rioya etishi sog‘lik garovi. Demak, har qanday illatlarga beparvolik katta kulfatlarga sabab bo‘lishini unutmaslik kerak. Ko‘rinmas balo - kichik zarraning katta zarbasi butun dunyoni tahlikaga soldi. Shunday ekan, xotirjamlikka berilish, loqaydlikka yo‘l qo‘yish, kasallikning qaytalanishiga bois bo‘lishi hech gap emas. Prezidentimizning 7 - may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ana shu masalalarga diqqat qilindi. Unda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. – Oxirgi paytda dunyoda har kuni 90-100 ming nafar inson bu virusni yuqtirib olmoqda, – dedi davlatimiz rahbari. – Bugunga kelib, unga chalinganlarning umumiy soni qariyb 4 millionga yetdi. Ming...

Continue reading

DAVLATIMIZ RAHBARI XXR RAISI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]O‘zaro fikr almashish va muloqotlarning davlatlar uchun ahamiyati katta. Mintaqaviy ahamiyatga molik qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirib borish bilan bog‘liq masalalar e’tiborga molik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan 7-may kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqotida xuddi shu masalalarga diqqat qilindi. Shuningdek, har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va XXR yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikka doir va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar. Davlat rahbarlari koronavirus infeksiyasiga qarshi davom etayotgan kurashning eng murakkab davrida ko‘rsatilgan o‘zaro ko‘mak va...

Continue reading

XOTIRLASH — EHTIROM VA E’ZOZ ESHIGI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har bir zamonning, har bir makonning o‘ziga yarasha muammolari bo‘ladi. Tabiiy ofatlar, turli ijtimoiy hodisalar, vabo, davlatlararo urushlar buning yaqqol ko‘rinishidir. Bular aslida, xalqlar oldidagi sinov, mashaqqatli dovonlardir. Qaysi xalq metin irodaga, temir intizomga, bag‘rikenglik va olijanob fazilatlarga ega bo‘lsa o‘sha xalqning g‘alabasi muqarrardir. Bu fikrning isbotini ikkinchi jahon urushi misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Urush atalmish mudhish yovuzlikka qarshi kurashda xalqimiz tomoshabin bo‘lib turgani yo‘q birinchilardan bo‘lib yurt himoyasi uchun jangga otlandi. Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada O‘zbekiston xalqining jang maydonlarida va front ortida ulkan jasorat va matonatini inkor etish insofdan emas. Tasavvur qiling, o‘sha paytda O‘zbekiston aholisi 6 yarim...

Continue reading

XOTIRA MANGULIK MUHRIDIR

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad- maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni ezozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Xalqimiz azaldan o‘lkamizni bosqinchilardan himoya qilgan,...

Continue reading

DAVLATIMIZ RAHBARI ERON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Muloqotlar muammolarning yechimi uchun ochqichdir. Har bir davr davlatlar oldiga turli muammolarni qo’yadiki, buni oqilona va xolisona harakat bilan hal etish mumkin. Davlatlarning rahbarlari bu masalaga jiddiy yondashib o’z xalqining manfaatlari nuqtai nazaridan masalani har ikkala tomonga maqbul tarzda hal etishga intilishlari tabiiy hol. Vaholanki, prezidentlarning o’zaro muloqotlaridan ko’zlangan maqsadlari ham shu. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida davlat rahbarlari muborak Ramazon oyi munosabati bilan samimiy qutlovlar almashib, bir-birlari va do‘st xalqlarimizga koronavirusning global miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq bugungi murakkab davrda sihat-salomatlik va farovonlik tiladilar. Ikki tomonlama munosabatlarning...

Continue reading

O’ZBEKISTON VA TURKMANISTON PREZIDENTLARI TELEFON ORQALI MULOQOT QILDILAR

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Oldin ham e’tirof etganimizdek, turkman va o‘zbek xalqlarining sevimli adibi Maxtumquli – Firog‘iyning she’riy bitiki nechog‘lik mohiyatga ega. “Yaqindagi jon qo‘shning turganda, uzoqdagi qarindoshdan ne foyda?” Qo‘shnilarning bordi-keldisi, o‘zaro hamkorlik aloqalari ustuvor bo‘lsa, mehr-oqibat ham shu darajada mustahkamlanib boradi. Muammolar ko‘ndalang turganda yoxud muammolarni birgalikda barataraf etish masalalari yuzaga chiqqanda, qarsak ikki qo‘ldan chiqadi qabilida ish tutilsa, barcha masalalar osonlikcha hal etadi. Shuning uchun ham davlatimiz rahbarining yon qo‘shni davlatlar bilan do‘stligi, hamkorligi butun jahonga ibratdir. 6 - may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti ham ana shu ehtiyojning hosilasidir. Suhbat chog‘ida...

Continue reading

HAMJIHATLIK VA HAMMASLAKLIK HAMMASINI O‘Z IZIGA TUSHIRADI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Koronavirus pandemiyasi orqaga tisarila boshlagani va unga chalinganlarning ko‘pchiligi kundan kunga sog‘ayib o‘z uylariga qaytayotganligi hammamizni shod etadi, albatta. Kelajakka umid va ishonchi yuqori bo’lgan xalqimizning duo va iltijolari, o‘rinli qo‘llanilgan chora va tadbirlar samarasi buning kafolatidir. Endilikda karantin borasidagi sharoitni bir muncha yengillashtirish, iqtisodiyotni qayta o‘nglash zarurati yuzaga chiqdi. Ana shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 - may kuni karantin sharoitini yanada yengillashtirish va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig’ilishi o’tkazildi. Mamlakatimizda epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargayotgani bois 22-apreldan karantin sharoiti bosqichma-bosqich yumshatila boshlagan edi. Bu ishlarni izchil davom ettirish maqsadida joylardagi vaziyat o‘rganildi....

Continue reading

ACHCHIQ SABOQDAN JIDDIY XULOSAGA

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Kutilmagan zarbadan, qo‘qqisdan tushgan mushtdan odatda, inson esankirab qolishi, o’zini o‘nglab olishi biroz qiyin kechadi. Shunga monand holda, aytish mumkinki, tabiiy ofatlar kutilmagan sinovlardir. Idrokli, matonatli xalq bunday vaziyatda esankiramaydi, hushini yo‘qotmaydi, aql - idrok bilan ish tutadi, barcha uchun manfaatli chora-tadbirlar orqali to‘g‘ri yo‘ldan boradi. Pandemiya, bo‘ron va suv toshqini kabi hodisalar zararlarini bartaraf etishga oqilona yondashishning natijasi xalqimizning jipsligi, o‘zaro yordam va mehr - oqibatning ustunligi bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 - may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishidagi nutqlarida ham ana shu ruhiyatning mavjudligini sezish qiyin emas. Yig’ilish avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatimizda amalga...

Continue reading

NAVBATDAGI TELEFON ORQALI MULOQOT

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Davlat rahbarlarining o‘zaro muloqotlarida butun bir xalqning taqdiri, buguni va ertasi bilan bog‘liq turli sohalardagi muammolarning yechimi va shu boradagi hamkorliklar, o‘zaro tajriba almashuvlar niyati bo‘ladi.  Yaqin kunlarda bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari Prezidentlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat  Mirziyoyevning telefon orqali muloqotlarida ham ana shu maqsadlar o‘z ifodasini topgandi. Muhtaram Prezidentimizning 5 - may kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqotlari ham samimiy va istiqbolli rejalarga qaratilgani  bilan xarakterlandi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqib, amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Epidemiologik vaziyat rivojini nazorat qilish...

Continue reading

MAQSAD MANZILIGA ENERGIYA SAMARADORLIGISIZ ERISHISH MUSHKUL

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini, xalq xo‘jaligining barcha sohalari ravnaqini usiz tasavvur etish qiyin. Bu elektr energiya manbaidir. Buni rivojlantirish uchun esa yangi energiya quvvatlarini ishga tushirish, mavjud resurslarni unumli qo‘llash joizdir. Shuning uchun ham Prezidentimiz ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratishlari bejiz emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida samaradorlikni oshirish, energiya sarfini optimallashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.   Mamlakatimizda iqtisodiyotni keskin rivojlantirish bo‘yicha katta maqsadlar belgilangan. Buning uchun yangi energiya quvvatlarini ishga tushirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish talab etiladi. Masalan, yurtimizda ming dollarlik yalpi ichki mahsulot yaratish uchun rivojlangan davlatlarga nisbatan 2-3 barobar ko‘p energiya sarflanadi. Neft...

Continue reading