9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yangiliklar

notiq.uz > Yangiliklar (Page 3)

SHAVKAT MIRZIYOYEV ILHOM ALIYEVNI TUG’ILGAN KUNI BILAN TABRIKLAYMAN

24-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi. Davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uni birlashtirish, barqaror taraqqiyotini ta’minlash va xalqaro nufuzini oshirishdagi tarixiy rolini alohida qayd etdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Ozarbayjon do‘stlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Joriy Iqtisodiy kooperatsiya yilida birgalikda amalga oshirilgan ishlar unumli bo‘lgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajada samarali muloqotlar va almashinuvlar davom etmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda, «yo‘l xaritasi» asosidagi 20 ta ustuvor yo‘nalishdagi loyihalar faol pallaga kirgan. Tadbirlarga boy madaniy-gumanitar...

Continue reading

Shahnoza Ochildiyeva: KONSTITUTSIYASINING YANGI VA ESKI TAHRIRI TAHLILI

Ochildiyeva Shahnoza Abdivohid qiziFilologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Annotatsiya: Mazkur maqolada Konstitutsiyaning erkin va farovon hayotni ta’minlovchi hujjat sifatidagi roli hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining eski va yangi tahriri o‘rtasidagi asosiy farqlar yoritib beriladi. Har bir davlat o‘zining huquqiy poydevorini o‘z Konstitutsiyasi bilan belgilashi, u faqatgina qonunlar yig'indisi emas, balki butun bir jamiyatning taraqqiyot strategiyasini belgilovchi, davlat organlari, tuzilma va tashkilotlar faoliyatida tartib o‘rnatuvchi, eng muhimi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi oliy huquqiy hujjat ekanligi haqida so‘z yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri qabul qilinishi va bu muhim jarayonning mamlakatimiz tarixidagi ahamiyati tahlil qilinadi.Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, huquqiy davlat,...

Continue reading

Qariyb 1,5 mingta mahalla «kambag‘allikdan xoli» hududga aylantirildi – vazir

Joriy yilda ilk bor 1 ming 435 ta mahalla «kambag‘allikdan xoli» hududga aylantirildi. Bu haqda Parlament Quyi palatasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitilgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Zohidov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, bugungi kunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va «mahalla yettiligi» hamkorligida 712 mingta oila «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan. Mazkur reyestrga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan «individual rejalar» ishlab chiqildi. «Individual rejalar» doirasida 463 mingta kambag‘al oilalarning 2 mln nafar a’zosiga daromadini oshirishga qaratilgan 791 mingta xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Vazirning qayd etishicha, joriy yil boshidan ishsizlik 4,9 foizga tushgan. Ayniqsa, Buxoro, Kogon, Navoiy, Zarafshon, G‘ozg‘on, Samarqand, Shirin shaharlarida ishsizlik 4 foizdan...

Continue reading

AQSHNI IXTIYORIY TARK ETGAN NOQONUNIY MUHOJIRLARGA 3 MING DOLLARDAN PUL BERILADI

Foto: AP AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem yaqin soatlarda noqonuniy muhojirlarni mamlakatni darhol tark etishga chaqiruvchi umummilliy va xalqaro miqyosdagi ko‘p million dollarlik reklama kampaniyasi boshlanishini e’lon qildi. Vazir Noemning ma’lum qilishicha, yil oxirigacha «CBP Home» ilovasi orqali mamlakatdan o‘z ixtiyori bilan chiqib ketgan noqonuniy muhojirlar 3000 dollar miqdorida bonus olishlari mumkin. «Ular bu «sovg‘a»dan foydalanib, Qo‘shma Shtatlarni ixtiyoriy ravishda tark etishlari kerak, aks holda biz ularni topamiz, hibsga olamiz va ularni bir umrga deportatsiya qilamiz», – deb yozadi Noem. Qo‘shimcha qilinishicha, maxsus operatsiya doirasida so‘nggi ikki hafta ichida mingdan ortiq noqonuniy muhojir-jinoyatchi hibsga olingan. Kristi Noem ularni «avvalgi ma’muriyat davrida AQSh hududida qo‘yib yuborilgan...

Continue reading

PREZIDENT MDH RAHBARLARI NORASMIY SAMMITIDA QATNASHDI

Foto: Prezident matbuot xizmati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Sankt-Peterburgdagi «Ermitaj» davlat muzeyida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdilar. Uchrashuvda joriy yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. O‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro investitsiyalar o‘sishini...

Continue reading

«TRAMPNING BOJLARI» AQSH GA 235 MLRD DOLLAR DAROMAD KELTIRDI – OQ UY

Oq uy Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga ikkinchi bor kirishganidan beri erishilgan yutuqlar haqida hisobot berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 11 oy davomida: tarixdagi eng past qotillik ko‘rsatkichiga, eng yirik soliq kamaytirilishiga, eng yirik sondagi (600 ming nafar) noqonuniy migrantning mamlakatdan chiqarib yuborilishiga hamda xususiy sektorda 687 mingta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishilgan. Oq uy, shuningdek, Tramp joriy etgan bojlar AQShga 235 milliard dollar daromad (iyul oyida AQSh Moliya vaziri Skott Bessent 300 milliard dollar tushum kutayotganini aytgan) keltirganini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, bojxona bojlaridan kelgan daromadlar 2025 yilning 20 yanvaridan 15 dekabrigacha bo‘lgan davr uchun hisoblangan. Bu ko‘rsatkich avvalgi yillarga nisbatan ancha yuqori:...

Continue reading

AQSH RAZVEDKASI PUTINNING YASHIRIN REJASIDAN OGOHLANTIRDI

Foto: “Cputnik” AQSh razvedkasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tajovuzkor yashirin rejasidan ogohlantirmoqda. Reuters agentligi xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar josuslik idorasi Putin butun Ukrainani hamda Yevropaning bir paytlar Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan qismini bosib olishni ko‘zlagan. Ayni paytda Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha Rossiya bilan muzokara olib borayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kreml harbiy to‘qnashuvga chek qo‘yish niyatida ekanini ta’kidlamoqda. AQSh razvedkasi ogohlantirishi esa josuslik idorasi xulosasi hamda siyosiy ma’muriyat bayonotlari o‘rtasida ziddiyat mavjudligidan dalolat beradi. Buyuk Britaniya hamda Yevropaning boshqa davlatlari maxsus xizmatlari ham Putinning «ishtahasi karnay» ekanidan xavotirda. «Razvedka ma’lumotlari hamisha Putin ko‘proq narsa xohlayotganiga shohidlik bergan. Yevropaliklar ham shunday deb hisoblashadi. Jumladan, polyaklarning bunga...

Continue reading

TRAMP 29 TA DAVLATDAGI ELCHILARNI CHAQIRIB OLADI: «AYB»I MA‘LUM

Foto: AP O‘tgan hafta AQSh hukumati kamida 29 ta davlatdagi diplomatik missiya vakillarini vakolat muddati yanvarda tugashi haqida ogohlantirgan. Bu haqda Associated Press agentligi Davlat departamentidagi manbalariga tayanib xabar berdi. Bu davlatlar qatorida 13 ta Afrika davlati, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan oltita (jumladan, Filippin va Vetnam), Yevropa qit’asidan to‘rtta (Armaniston, Makedoniya, Chernogoriya va Slovakiya), shuningdek, Jazoir, Misr, Nepal, Shri-Lanka, Gvatemala va Surinam bor. Lavozimidan ozod etilayotgan diplomatlar Jo Bayden ma’muriyati davrida tayinlangan edi. Associated Press nashrining yozishicha, ularning o‘rnini Trampning ustuvor yo‘nalishlari hamda uning «America First» («Amerika birinchi navbatda») g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydigan xodimlar egallaydi. Politico nashri esa bu qadamni «noodatiy» deb atamoqda. Odatda yangi kelgan prezidentlar siyosiy elchilarni almashtirsa-da, kareraviy diplomatlarga o‘z ishini...

Continue reading

PREZIDENT SANKT -PETURBURGGA YETIB BORDI

Foto: Prezident matbuot xizmati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi. “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 21-22-dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi. Sammit kun tartibidan mazkur ko‘p tomonlama birlashmalar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar o‘rin olgan. An’anaga ko‘ra, birgalikda amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalari sarhisob qilinadi va kelgusi yildagi amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashiladi. (Xabar.uz) ...

Continue reading

Fozil Farhod: ULOQDA BOSH SOVRINGA NIMALAR BERILDI?

Kecha Bekobod tumanida shov-shuvli uloq-koʻpkari oʻtibdi. Nima boʻpti, koʻpkari yurtimizda doim oʻtib kelgan, deyishga shoshilmang! Bunisi boshqacha boʻpti. Nega boshqacha ekanini oxirida aytaman. Ichingiz sal qizisin.Bekobodning bepoyon qirlarida oʻtgan katta koʻpkari musoboqasiga havoni sovuq demay, yurtimizning viloyatlari-yu qoʻshni yurtlardan chavandozlar kelibdi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan kelgan polvonlar bilan bizning chavandozlar halol ot suribdi, doʻstlik, qardoshlik va birdamlik koʻrsatishibdi.Endi solimlar oʻtsak. Viloyat hokimi, saxovatpesha fermer va tadbirkorlar ishtirokida gʻoliblarga 50 dan ortiq sovrinlar qoʻyilibdi. Doimgi qimmatbaho tuya, toy, qoʻchqor va pul mukofotlari boʻlgan, albatta. Ammo bosh sovringa 1000 ta kitob, 10 kVt quyosh paneli, 100 tub chinor koʻchati, 1 tonna Bekobodning...

Continue reading