9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

AQSHNI IXTIYORIY TARK ETGAN NOQONUNIY MUHOJIRLARGA 3 MING DOLLARDAN PUL BERILADI

notiq.uz > Yangiliklar  > AQSHNI IXTIYORIY TARK ETGAN NOQONUNIY MUHOJIRLARGA 3 MING DOLLARDAN PUL BERILADI

AQSHNI IXTIYORIY TARK ETGAN NOQONUNIY MUHOJIRLARGA 3 MING DOLLARDAN PUL BERILADI

AQShni ixtiyoriy tark etgan noqonuniy muhojirlarga 3 ming dollardan pul beriladi

Foto: AP

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem yaqin soatlarda noqonuniy muhojirlarni mamlakatni darhol tark etishga chaqiruvchi umummilliy va xalqaro miqyosdagi ko‘p million dollarlik reklama kampaniyasi boshlanishini e’lon qildi.

Vazir Noemning ma’lum qilishicha, yil oxirigacha «CBP Home» ilovasi orqali mamlakatdan o‘z ixtiyori bilan chiqib ketgan noqonuniy muhojirlar 3000 dollar miqdorida bonus olishlari mumkin.

«Ular bu «sovg‘a»dan foydalanib, Qo‘shma Shtatlarni ixtiyoriy ravishda tark etishlari kerak, aks holda biz ularni topamiz, hibsga olamiz va ularni bir umrga deportatsiya qilamiz», – deb yozadi Noem.

Qo‘shimcha qilinishicha, maxsus operatsiya doirasida so‘nggi ikki hafta ichida mingdan ortiq noqonuniy muhojir-jinoyatchi hibsga olingan. Kristi Noem ularni «avvalgi ma’muriyat davrida AQSh hududida qo‘yib yuborilgan millionlab noqonuniy muhojir-jinoyatchilar» ekanini aytib, hozirgi ma’muriyat ularni hibsga olish va mamlakatdan chiqarib yuborish vakolatini berganini ta’kidlaydi.

Ayrim tahlilchilar vazir Noemning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish bonusini 3000 dollargacha oshirish taklifini ma’qullab, bu ixtiyoriy ketishni tezlashtirishini va bir vaqtning o‘zida qonun ijrosi xarajatlarini keskin kamaytirishini aytmoqda. Qayd etilishicha, majburiy deportatsiya o‘rtacha har bir kishi uchun 17 121 dollarga tushadi. «CBP Home» orqali o‘z ixtiyori bilan chiqib ketish esa bu summani 70 foizga qisqartiradi. Bu mablag‘lar esa ICE resurslarini eng ustuvor tahdidlarga qarshi kurashishga yo‘naltirish imkonini beradi.

«Bu amnistiya emas — bu qonunga rioya qilishni rag‘batlantiruvchi va bo‘ysunmaslikni tiyib turuvchi strategik samaradorlikdir. Bu taklifni inkor etganlarni murosasiz ta’qib kutadi: ikkinchi imkoniyat ham, qaytish ham bo‘lmaydi. Natijada soliq to‘lovchilar yutadi, mamlakat suvereniteti mustahkamlanadi», – deya qo‘shimcha qiladi tahlilchilar.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.