Yetti hikmat, bizga ibrat
Ibrohim ibn Adham aytadi: “Uyimga mehmonlar kelishdi. Ular Allohning do'stlari ekanini bildim. Ularga: “Menga Alloh taolodan qoʻrqishni nasihat qilinlar, toki sizlar kabi taqvodor bo’layin”, dedim. Ular: “Senga yetti narsani nasihat qilamiz dedi”: 1) Koʻp gapirma, koʻp gapirish qalbni oʻldiradi; 2) Koʻp yema, chunki koʻp yeyish hikmatni ketkazadi; 3) Insonlar bilan behuda muloqot qilma, aks holda ibodatlaringda halovat yoʻqoladi; 4) Dunyoga muhabbat qoʻyma, chunki boylikning hotimasi yaxshi emas; 5) Johil bo’lma, qalbing qorayadi; 6) Zolim bilan do'stlashma, diningda istiqomat yoʻqoladi; 7) Kim boylik ilinjida insonlarni rozi qilmoqchi bo’lsa, Alloh taolo undan rozi bolmaydi. ...
Continue reading