O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda islohotlar samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi munosib hissasi, o‘quvchi yoshlarga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki, shuningdek, yurtimizda ta’limga oid investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin: «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan Raximov Xamidjon...
Continue reading