Milliylikda — o‘zlik mujassam

Joriy yilning 23-sentyabr kuni 3-TTJ da «Iqtisodiyot» fakulteti talaba qizlari ishtirokida XON ATLAS OYLIGI munosabati bilan «Milliylikda — o‘zlik mujassam» shiori ostida Milliy liboslarni targ‘ib qilish va yoshlarni qalbida milliy liboslarga muhabbat tuyg‘usini yanada oshirish, maqsadida Milliy liboslar kuni bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, o‘zbek milliy liboslari juda yorqin, chiroyli, qulay bo‘lib, xalqimizning boy madaniy an’analari va turmush tarzining bir qismidir. Azal-azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas, adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Uning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, har qanday faslda ham bahoriy kayfiyatni baxsh etadi.
Milliy liboslar – bu nafaqat mato va naqshlar, balki ajdodlarimizning boy tarixi, urf-odatlari va an’analari mujassam bo‘lgan madaniy merosdir.
Ular orqali biz talabalarga ajdodlarimizning didi, hayot tarzi va estetik qarashlarini o‘rgatamiz.
Tadbirda talaba qizlarimiz she’rlar o‘qildilar, milliy musiqalarga raqslarga tushdilar. Tadbir sermazmun, foydali, quvnoq o‘tdi.
«Iqtisodiyot» fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi Ra’no Kodirova axboroti
Universitet matbuot xizmati