MEMORANDUM IMZOLANDI

“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha memorandum imzolandi.
Memorandumda Universitet va Boshqarmaning o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish, boshqarmada professor-o‘qituvchilarning qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish, boshqarmaning ilmiy, texnologik muammolarini o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha ilmiy-innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, maqbul yechim va amaliy takliflar ishlab chiqish, ilmiy-innovatsion tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish, natijalarni ishlab chiqarishga joriy etish, tijoratlashtirish faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish, boshqarma xodimlari uchun ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash va ularni nashr qilish, hamkorlikda sohaning dolzarb muammolari bo‘yicha Boshqarma mutaxassislari, olimlar, doktorantlar va iqtidorli talabalarning uchrashuvlari, ilmiy seminarlarini tashkil qilish, Universitet professor-o‘qituvchilarning Boshqarma mutaxassislari, ishchi-xodimlarini malakalarini oshirishni ta’minlash bo‘yicha bandlar nazarda tutilgan.
