9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

UNIVERSITETIMIZ DOKTORANTI RESPUBLIKA G’OLIBI VA PREZIDENT SOVG’ASI SOHIBI !

notiq.uz > Yangiliklar  > UNIVERSITETIMIZ DOKTORANTI RESPUBLIKA G’OLIBI VA PREZIDENT SOVG’ASI SOHIBI !

UNIVERSITETIMIZ DOKTORANTI RESPUBLIKA G’OLIBI VA PREZIDENT SOVG’ASI SOHIBI !

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yosh muhandislar va olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-amaliy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish maqsadida Respublika miqyosida nufuzli tanlov tashkil etildi. 

  Tanlovning asosiy maqsadi — mamlakatimizdagi eng iqtidorli va istiqbolli yosh muhandislarni aniqlash, ularning innovatsion loyihalariga munosib baholar berish hamda kelgusida milliy iqtisodiyot taraqqiyotida ularning munosib hissasini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

  Mazkur tanlovda jami 1900 dan ortiq ilmiy va amaliy loyihalar taqdim etildi. Ular orasida o‘zining samaradorligi, amaliyotga joriy etish imkoniyatlari va innovatsion yondashuvi bilan ajralib turgan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining doktoranti —  Ozodov E’zoz tanlovning g‘olibi sifatida e’tirof etildi. 

  Universitetimiz yosh olimining loyihasi Respublika bo‘yicha «Eng yaxshi yosh muhandis» nominatsiyasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

  G‘olib sifatida Ozodov E’zozga Prezident sovg‘asi — elektromobil taqdim etildi. 

  Bu nafaqat yosh tadqiqotchimizning shaxsiy yutug‘i, balki butun universitetimiz jamoasi uchun katta sharaf hisoblanadi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.