9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MAʼRIFAT TARGʻIBOTI – MAʼNAVIYAT TASHVIQOTI

notiq.uz > Yangiliklar  > MAʼRIFAT TARGʻIBOTI – MAʼNAVIYAT TASHVIQOTI

MAʼRIFAT TARGʻIBOTI – MAʼNAVIYAT TASHVIQOTI

Jamiyatning qoʻsh qanoti, ruhiy quvvati bu maʼnaviyat va maʼrifatdir. Uning omma ongiga singdirilishi katta kuch va ahamiyat kasb etadi. Ana shuning uchun ham Davlatimiz rahbarining Maʼnaviyatga bergan ilk taʼrifi bejiz emas. “Maʼnaviyat — eng taʼsirchan va qudratli qurolimiz.” Demak, uning taʼsirchan mexanizm sifatidagi rolini bilish va amal qilish muhim vazifa. Bu tajribali, taniqli ijodkorlar bilan muloqot, eng muhimi, kitobxonlikka daʼvat bilan chambarchas bogʻliqdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining oliy taʼlim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish hamda badiiy savodxonlik darajasini yanada oshirish maqsadida “Maʼrifat ulashib” loyihasini ishlab chiqishi ham ana shu boradagi dadil qadam, qutlugʻ maqsaddir deyish mumkin. Mazkur loyiha doirasidagi tadbirlar joylarda joriy yilning 17 aprel kunidan boshlab oʻtkazib kelinayotgani eʼtiborga molikdir.

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar hamda shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tarzida puxta tayyorgarlik asosida ishlab chiqilgan dastur va rejaga muvofiq oʻtkazib kelinayotgani rost.

2024 yilning 19-aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan “Maʼrifat ulashib” tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzolari taniqli adiblar Safar Olloyor hamda Oydinniso Yuldashevalar ishtirok etishdi. Tadbirning birinchi qismi Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 64-maktabda oʻtkazildi. Maktabda oʻquvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib faollar zalida uchrashuv tashkil etildi. Ijodkor oʻquvchilar oʻzlarining va tashrif buyurgan shoirlarning sheʼrlaridan namunalar oʻqishdi. Shuningdek, oʻquvchilar oʻrtasida asfaltga rasm chizish musobaqasi ham qiziqarli tarzda kechdi. 

Tadbirning ikkinchi qismi universitet Axborot resurs markazida boʻlib oʻtdi. Universitetdagi ijodkor talabalarning chiqishlari adiblarimizda katta taassurot qoldirdi. Sheʼriyatga qiziquvchi talabalar, endigina oʻz ijodini boshlagan talaba yoshlarga Oʻzbek adabiyoti va sheʼriyati haqida tushunchalar bera turib  ijod qilish koʻnikmasi haqida tavsiyalar berdilar. Keyin esa savol-javoblar sheʼrxonlikka aylanib ketdi. 

Shuningdek, adiblar tashrif davomida universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib universitet rektori bilan birgalikda tushlikni qilishdi. Rektor ularga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Kechki payt uchrashuv dinamikasi tushmagan holda Talabalar turar joyida yanada jonli va qiziqarli yoʻsinda davom etdi. 

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.