Rost gapirishni tibbiy foydasi borligini bilarmidingiz?
Yolgʻon soʻzlayapsizmi? Qanday vaziyatlarda koʻproq yolgʻon gapirasiz? Javob berishdan avval oʻylab oling. Fransiyalik olimlarning hisob-kitoblari boʻyicha, oʻrta yoshdagi odamlar hafta davomida 11 — 15 martagacha yolgʻon gapiradi.
Massachusetts universiteti olimlari esa voqea hodisalarini bortirib, yolgʻon – yashiq soʻzlar bilan boyitishni hush koʻruvchilar muntazam bosh og’rigi va shamollashdan bezovta bo’lishlarini ta’kidlamoqda. Yolgʻon ishlatadigan odamlar asabiy ham bo’ladi. Siri fosh bo’lishidan qo’rqib, hatti-haraktlarini nazorat qilish, doimiy ziyraqlikni qo’ldan bermaslikka urinadi. Bu esa ruhiyatni ham, organizmni ham toliqtiradi.
Shundan kelib chiqib: kasal bo’lmay, uzoq umr ko’rishni istasangiz, kamroq yolgʻon gapiring.