9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

FILIPPINDAGI ZILZILADA SALKAM 70 KISHI HALOK BO‘LDI

notiq.uz > Yangiliklar  > FILIPPINDAGI ZILZILADA SALKAM 70 KISHI HALOK BO‘LDI

FILIPPINDAGI ZILZILADA SALKAM 70 KISHI HALOK BO‘LDI

Filippindagi zilzila qurbonlari soni 69 nafarga yetdi. Bu haqda hukumat brifingi ma’lumotlariga asoslanib Reuters xabar berdi.

Kecha, 30-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00 lar atrofida (O‘zbekiston vaqti bilan 19:00) Sebu muzofoti sohillari yaqinida 6,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan. Zilziladan so‘ng bir nechta aftershok qayd etildi, ulardan eng kuchlisi 6 ballni tashkil etdi.Tabiiy ofat qurbonlarining barchasi — sebuliklar. Bundan tashqari, 150 kishi jarohatlangan. Yer silkinishidan San-Remijio munitsipaliteti talafot ko‘rdi.

Aholisi 3,5 mln kishiga yaqin Sebu Filippindagi eng ommalashgan sayyohlik yo‘nalishlaridan sanaladi.

Filippin Tinch okeanining faol vulqonlarga boy va zilzilalar ko‘p kuzatiluvchi «olovli halqasi»da joylashgan. 2023-yilda mamlakatda 6,7 magnitudali zilzila oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgandi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.