9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MA’RIFAT SOATI- ILM IBODATI

notiq.uz > Yangiliklar  > MA’RIFAT SOATI- ILM IBODATI

MA’RIFAT SOATI- ILM IBODATI

Joriy yilning 2-oktyabr sanasida “TIQXMMI”- MTU “Gidromelioratsiya” fakultetining 1-bosqich talabalari uchun “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. “Ma’rifat darsi”ni O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi professor Rahimboy Jumaniyozov olib bordi. Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh assambleyasining 80 – sessiyasidagi nutqi borasida quyidagi ma’lumotlarni berib talabalar bilan intellektual o‘yin o‘tkazdi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Bosh Assambleyasining 80 yillik yubiley sessiyasida nutqida global muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlikning muhimligini ta’kidladi. Prezident Mirziyoyev Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, inson huquqlarini himoya qilish va terrorizmga qarshi kurashish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdi. 

  Shuningdek, Davlat rahbari Orol dengizi fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, «yashil» iqtisodiyotga o‘tish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekistonning sa’y-harakatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash va gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatni global muammolarni hal qilishda birgalikda harakat qilishga chaqirdi va O‘zbekistonning bu boradagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

  Ushbu nutq O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faol pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi va global muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqladi. 

  Mavzu yuzasidan talabalarning savollariga mufassal javob berildi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori G. Axmedjanova  axboroti

Universitet matbuot xizmati

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.