9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

YAPONIYADA BIRINCHI MARTA AYOL KISHI BOSH VAZIR BO‘LISHI MUMKIN

notiq.uz > Yangiliklar  > YAPONIYADA BIRINCHI MARTA AYOL KISHI BOSH VAZIR BO‘LISHI MUMKIN

YAPONIYADA BIRINCHI MARTA AYOL KISHI BOSH VAZIR BO‘LISHI MUMKIN

Yaponiya bosh vaziri lavozimini birinchi marta ayol kishi egallashi mumkin, deb xabar berdi NHK.

Sobiq iqtisodiy xavfsizlik vaziri Sanae Takaiti hukmron Liberal-demokratik partiya rahbarligi uchun saylovida g‘alaba qozondi.

Takaiti o‘ng qarashlari va yapon militarizmining ramzi — Yasukuni ibodatxonasiga tashrifi bilan tanilgan. Hozircha u keskin mavzularni ko‘targani yo‘q.

Yaponiya bosh vaziri oktyabr oyi o‘rtalarida parlament tomonidan saylanadi. LDP parlamentdagi ko‘pchilik o‘rnini yo‘qotgan bo‘lsa-da, muxolifat yagona nomzod borasida kelishib olish dargumon, shu bois Takaitining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

2025-yil sentyabr oyi boshida bosh vazir Shigeru Isiba iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.