TA’LIM TIZIMIDA TARAQQIYOT ISTIQBOLLARIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO ANJUMAN
Ta’lim, ilmu fan taraqqiyoti vatan taraqqiyoti bilanchambarchas bog‘langani uchun jahon miqyosida bumasalaga e’tibor doim yuqori darajada bo‘lgan. Shunday ekan, xuddi shu mavzuda tashkil etilayotganhamkorlik yo‘sinidagi konferensiyalarning o‘rnialohida ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda Erasmus+ oliy ta’limni isloh qilishbo‘yicha ekspertlar milliy jamoasining an’anaviy yillikkonferensiyasi Erasmus+ loyihalari natijalari hamdaoliy ta’limdagi innovatsiyalarni ommalashtirish, engyaxshi tajribalarni ulashish va targ‘ib qilish uchunmuhim imkoniyatdir.
Bugun Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidaTempus (1994-2014) va Erasmus+ (2014-2027) dasturlari doirasida oliy ta’lim sohasidagihamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan Erasmus+ xalqaro anjumani sifatida «O‘zbekistonda oliy ta’limrivojlanishining istiqbollari» mavzusida Oliy ta’limniisloh qilish bo’yicha expertlar (HERE) konferensiyasi“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetimizda tashkiletildi. Konferensiyada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan HEREs va MilliyErasmus+ ofislari delegatsiyalari faxriy mehmonlar vama’ruzachilar sifatida ishtirok etishdi.
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Oliyta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (OTFIV), Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, Milliy Erasmus+ ofisi (NEO), Toshkent irrigatsiya vaqishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislariinstituti» Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU), Erasmus+ Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yichaekspertlar milliy guruhi (HERE).
Universitetimizning Madaniyat saroyida tashkiletilgan ushbu konferensiyani xalqaro reyting bo’limiboshlig’i Ilhom Abdurahmonov moderator sifatidaboshqarib bordi.
Dastavval, so‘z universitetimiz rektori, professor Bahodir Mirzayevga berildi. U bu anjumanishtirokchilarini, mehmonlarni tashrifi bilan qutlab, konferensiyaning ahamiyati haqida atroflicha so‘zyuritdi.
So‘ngra O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov minbargataklif etildi. U davlat va hukumatimizda ta’limtaraqqiyoti masalasida xalqaro hamkorlikka hamishae’tibor qilib kelinayotgani va bu mamlakat ravnaqiuchun muhim mohiyatga ega ekani borasida o‘zmulohazalarini bildirib o‘tdi.
Keyin esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalaridan kelgan nufuzlimehmonlar va mutaxassislarga so‘z berildi.
Konferensiya tajriba almashish, samaralimetodikalar, yutuqlar, tendensiyalar va muammolarhaqida fikr almashish orqali oliy ta’lim samaradorliginioshirishga qaratildi. Shuningdek, tadbir davomida oliyta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar (HERE) ning2024-yildagi faoliyatini umumlashtirish va mintaqaviyhamkorlikni rag‘batlantirish ham maqsad qilindi.
«Erasmus+ doirasida mintaqaviy hamkorliknimustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari» mavzusidagi sessiya Markaziy Osiyo mamlakatlariningErasmus+ milliy ofislari va HERE vakillari tomonidano’zaro hamkorlikda tashkil etildi.
Konferensiya doirasida HERE va bir qatorakademik nashriyotlar vakillari ko‘magida «Ilmiyaxborot va nashriyot faoliyatiga kirish» an’anaviyilmiy-ma’rifiy forumi bo‘lib o‘tdi. KonferensiyaZOOM platformasi orqali onlayn ulanish amalgaoshirildi.
Universitet rahbariyati vakillari, Oliy ta’lim, fan vainnovatsiyalar vazirligi vakillari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistion Erasmus+ Milliy ofislari va hamda ularning HERE ekspertlari, Erasmus+ loyihasi koordinatorlari, Tempus loyihasiishtirokchilari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar vatalabalar ishtirokida o’tkazilayotgan konferensiyaancha zalvorli va keng miqyosli ekani bilan ajralibturdi.
UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI