9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

TRAMP AQSH HARBIYLARI ERONDAGI NAMOYISHCHILARGA YORDAMGA TAYYORLIGINI BILDIRDI

notiq.uz > Yangiliklar  > TRAMP AQSH HARBIYLARI ERONDAGI NAMOYISHCHILARGA YORDAMGA TAYYORLIGINI BILDIRDI

TRAMP AQSH HARBIYLARI ERONDAGI NAMOYISHCHILARGA YORDAMGA TAYYORLIGINI BILDIRDI

Tramp AQSh harbiylari Erondagi namoyishchilarga yordamga tayyorligini bildirdi

Tramp AQSh harbiylarini Erondagi namoyishchilarga yordamga yuborishga tayyorligini bildirdi.

«Agar Eron o‘q uzib, tinch namoyishchilarni shafqatsizlarcha o‘ldira boshlasa, Qo‘shma Shtatlar ularga yordamga boradi. Afsuski, bu ular uchun odatiy hol. Biz to‘liq jangovar shay holatdamiz va harakat qilishga tayyormiz», – deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy Trampning «AQSh harbiylari Erondagi namoyishchilarga yordamga borishi» haqidagi bayonotini mintaqadagi tartibsizlikka sabab deb atadi.  

«Isroillik amaldorlar va Trampning pozitsiyalari vaziyatning yashirin jihatlarini ochib berdi. Biz norozilik bildirayotgan savdogarlarning fikrlarini vayronkor unsurlardan alohida ko‘rib chiqyapmiz. Tramp shuni anglashi kerakki, Qo‘shma Shtatlarning bu ichki masalaga aralashuvi butun mintaqada tartibsizlikka, shuningdek AQSh manfaatlarining yo‘q qilinishiga teng bo‘ladi. Amerika xalqi aynan Tramp bu xavfli harakatni boshlab berganini bilishi kerak. Ular o‘z askarlarining taqdiriga e’tibor qaratishlari lozim», – deb yozdi Larijoniy X ijtimoiy tarmog‘ida.

O‘z navbatida, oyatullo Xomanaiyning maslahatchisi Ali Shamhaniy Eron xavfsizligiga tajovuz qilmoqchi bo‘lgan har qanday bosqinchining qo‘li bizga yetib kelishidan oldin kesib tashlanishi aytiladi.

«Eron xalqi amerikaliklarning «qutqarish» tajribasini Iroq va Afg‘onistondan tortib, G‘azogacha bo‘lgan holatrdan yaxshi biladi. Eron xavfsizligini bahona qilib, mamlakatimizdagi vpziyatni izdan chiqarishga urinadigan har qanday «bosqinchi qo‘l» yetib kelishidan avvalroq yo‘q qilinadi va bu qaqshatqich javobga olib keladi. Eronning milliy xavfsizligi bu «qizil chiziq», oxiri o‘ylanmasdan yoziladigan tvitlar uchun mavzu emas», — deya munosabat bildirdi u.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.