FRANSIYA HAM 15 YOSHDAN KICHIKLARGA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISHI TAQIQLADI

Fransiya hukumati 2026-yilning sentyabridan boshlab 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni, shuningdek, o‘rta maktablarga mobil telefonlar bilan kirishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.
Le Monde va France Info nashrlarining yozishicha, hukumat yanvar oyi boshida ko‘rib chiqish uchun tegishli qonun loyihasini taqdim etadi.
Prezident Emmanuel Makron bir necha bor ijtimoiy tarmoqlarni yoshlar zo‘ravonligining sababi sifatida tilga olgan va o‘tgan yilning dekabr oyida dunyoda birinchi marta 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqagan Avstraliyadan o‘rnak olish niyatini bildirgan.
Yangi yil nutqida esa Fransiya rahbari taklif qilingan qonun loyihasi haqida gapirmagan bo‘lsa-da, «yosh avlodni ijtimoiy tarmoq va gadjetlardan himoya qilish»ga va’da bergan.
Reuters nashrining ta’kidlashicha, 2018-yildan beri Fransiyaning boshlang‘ich va o‘rta maktablarida mobil telefonlar taqiqlangan va yangi choralar taqiqni yuqori sinf o‘quvchilari uchun ham tatbiq etadi. Bundan tashqari, 2023-yilda Fransiya ijtimoiy tarmoq platformalaridan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ota-onalarning roziligini olishni talab qiluvchi qonun qabul qilgan, ammo texnik qiyinchiliklar uni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan edi.
(Xabar.uz)