a

Facebook

Twitter

Copyright 2015 Libero Themes.
All Rights Reserved.

9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

Search
Menu

TIL BUZADI, TIL TUZADI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]I am text block. Click edit button to change this text. Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.Xotirjamlik, kayfiyat, ruhiyat hatto, vahimaning ozig‘i ham, yozig‘i ham, qo‘yingki, qozig‘i ham so‘z bilan, nutq bilan. 200ga yaqin davlat boshiga kelgan koronavirus balosi borasida turli mish-mishlarni tarqatayotganlar ham, vahima qilayotganlar ham, Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, o‘zini "piar qilayotganlar" ham afsuski, so‘zdan foydalanadi. Do‘stning ham, dushmanning ham quroli so'z. Shuning uchun ham nutqing - xulqing oynasi, - deya bejiz aytmayman. Insonning o‘zligi uchun ko‘zgu uning so‘zligi. "Omon~omon" dasturidagi iqtidorli boshlovchilar San'atxon va...

Continue reading

Eng xavfli virus – vahima, ochko‘zlik va kitob o‘qimaslikdir

(Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqqa murojaati borasidagi mulohazalar) Odamzodning irodasi bo‘sh yoki qat’iyligi turli sinovlarda bilinadi. Tarixdan ma’lumki, zamon va makon bilan bog‘liq turli ne’matlar ham, ofat-balolar ham xalq irodasining bukilmasligi uchun sinov. Iroda ishonchni mustahkamlay olishdir, aslida. Bugun butun dunyoni tashvishga solayotgan muammolardan biri tojsimon virus balosidir. Jahon ahli bu ofatga qarshi kurash yo‘llarini, uni butkul tugatish borasida izlanayapti. Demak, bu borada yakdillik va ertangi kunga ishonch har narsadan muhim. Prezidentimiz bu xususda aniq fikr va chora-tadbirlarni 18-mart kuni xalqimizga murojaatnomasida bildirdi. «Millati, tili va dinidan qat’i nazar, hammamiz yakdilmiz va, ishonamizki, bu qiyinchiliklar, albatta, o‘tib ketadi. Buning uchun birinchi navbatda shifokorlar tavsiyalariga...

Continue reading

TIL — TARIX VA TAQDIR MASALASI HAM

Davlat tili va rasmiy yozuv masalasining kundalik muammo sifatida yuzaga chiqishining o‘ziyoq, unga bo‘lgan ehtiyojning, qo‘llanilish talabining susayganligi belgisidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda tayyorlanib Milliy teleradiokompaniyaning “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali har yakshanba kuni soat 16.20.da efirga uzatiladigan “Til – taraqqiyot tarozisi” nomli ko‘rsatuvi savodxonligimiz mezoni bo‘lgan og‘zaki va yozma nutq qoidalarini amalda qo‘llanilishi borasidagi nuqsonlarni tahlil qilishga qaratilgan.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_single_image image="3880" img_size="full"][vc_empty_space][vc_column_text]Ona tili ta’limi va lotin yozuviga asoslangan alifboning rasmiy yozuv sifatidagi o‘rni va qo‘llanilishi masalalari faqat tilshunoslarning “tomorqa”si emas, balki fuqarolik burchini anglagan, yurt qismati, vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan har bir insonni...

Continue reading

TABIAT VA JAMIYATNING IN’OMI

Tabiat bilan jamiyatning sirlashuvi va tillashuvini aynan Navro‘z ayyomida, bahor kelinchagi sepini yoygan kunlarda his etmaslik mumkin emas. Tabiat guli Navro‘zoy va jamiyat guli insonning tiynatida o‘zgacha ruh va shukuh hukmronlik qiladi ayni o‘sha onlarda. Tabiatdagi yangilanish jamiyatdagi jonlanish bilan uyg‘un kechganida inson navro‘ziy tansiq taomlarni tanovul qilib, o‘yin-kulgi va soz-u suhbatga oshna va tashna bo‘lishi ham zavqlidir. Bu esa jannatmonand diyorda, osuda osmon ostida yashayotgan mehrli va ahil xalqqa yarashadi, qut - baraka keltiradi.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_single_image image="3278" img_size="full" qode_css_animation=""][vc_empty_space][vc_column_text]Ana shunday fayzli kunlarda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning tashabbuslari va tashkilotchiliklari bilan bunyod etilgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Navro‘z sayli tashkil etilgani bois...

Continue reading

Muloqot va muomаla hamda ta’lim va tarbiyada tilning o‘rni

Prezidentimizning o‘tgan yili davlat tili to‘g‘risidagi qaror va farmonlari zimmamizga ulkan vazifalarni qo‘ygani rost. Kuni kecha O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ana shu masalalarga e’tibor qilingani ham bejiz mas. Videoselektorda respublika bo‘yicha 300dan ziyod qishloq va mahallalarning, 400ga yaqin ko‘chaning eski, sovetlar davriga xos yoki biror mantiqsiz, tushunarsiz nomlari haligacha saqlanib qolayotgani tanqid qilindi.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_gallery type="image_grid" images="3264,3265" img_size="full" column_number="2" grayscale="no" images_space="gallery_without_space"][vc_empty_space][vc_column_text]Tilimizda bir-biridan chiroyli, ma’nolari keng so‘zlar ko‘pku?! Qolaversa, har bir mahallaning tarixi, iqlimini aks ettiradigan nom qo‘yish mumkin edi-ku?! Og‘izga kelgan gapni vaysagandek, bo‘lar-bo‘lmas nomlar qo‘ygandan ko‘ra, dedi bosh vazir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi...

Continue reading

Rahbar xodimlarning malakasini oshirish

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazning “Вода образование и сотрудничество в Центральной Азии” (Smart Waters) loyihasi doirasida joriy yilning 10 mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Suv xo‘jaligi rahbar xodimlarining malakasini oshirish kurslari boshlandi.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_gallery type="image_grid" images="3256,3257" img_size="full" column_number="2" grayscale="no" images_space="gallery_without_space"][vc_empty_space][vc_column_text](Smart Waters) loyihasi doirasida tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslari ochilishi marosimida suv xo‘jaligi vazirligi, suv resurslari va suvdan foydalanish boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Madiboev TIQXMMI Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Saloxiddinov, “PKQT va UMO” TM derektori G‘.Bekmirzaev xamda Qirg‘iziston Respublikasidan tashrif buyurgan suv xo‘jalik rahbar xodimlari loyiha doirasida...

Continue reading

«Suv — bu hayot!» posterlar tanlovi

Bugun ertalabdanoq, institutimizda 22 mart - “Butun jahon suv kuni”ga bag‘ishlangan, 5 kunga mo‘ljallangan “Suv va iqlim o‘zgarishi” shiori ostida tadbirlar boshlab yuborildi. BMT Bosh assambleyasining 1993 yili 22 fevraldagi 47/193 sonli rezolyusiyasi bilan “22 mart - Butunjahon suv kuni” deb e’lon qilinganidan boxabarsiz. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsad, insoniyatni suvdan samarali foydalanish va uni asrash, suv resurslarini kelajak avlodga yaxshi holatda yetkazib berishdir.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_gallery type="image_grid" images="3237,3238" img_size="full" column_number="2" grayscale="no" images_space="gallery_without_space"][vc_empty_space][vc_gallery type="image_grid" images="3239,3240" img_size="full" column_number="2" grayscale="no" images_space="gallery_without_space"][vc_empty_space][vc_column_text]Ertalabki tadbirda institutimizning Qarshi filiali, Namangan muhandislik texnologiya instituti, Samarqand davlat arxitektura institutidan kelgan talabalarning hamda Shayxontahur tumanidagi 23 - sonli san’at va musiqa maktabi...

Continue reading

NAFOSAT VA NAZOKATNING NISHONI

Qalblarning quvonchi va ko‘ngil xotirjamligiga bois, nafosat, nazokat va go‘zallik timsoli ularning nomi bilan bog‘liq. 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ushbu so‘zlar, istaklar mag‘rur jaranglaydi. Negaki, ona, opa - singil va lobar qizlarimizdan tarkib topgan nasliy yaqinlikni ifoda etuvchi zoti sharifalar borligimiz va borlig‘imizga nishondir. Oilada, mahallada, ta’lim muassasasida, mehnat jamoasida ularning o‘rni alohida mohiyat kasb etadi.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_single_image image="3226" img_size="full" qode_css_animation=""][vc_empty_space][vc_column_text]Hammamiz orziqib kutgan mana shu go‘zal bahor kunlarida, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida TIQXMMI ning madaniyat saroyida ana shu qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan katta tantanali ma’naviy tadbir tashkil etildi. Unda institutimizning go‘zal talaba qizlari va ayol professor...

Continue reading

Sohaviy jurnalistika zarur yoxud ispan tajribasi haqida

Voqelikni kuzatish va baholash ob’yektni to‘g‘ri tushunish, sharhlashdan boshlanadi. Shunday ekan, kim, nima, qachon, qayerda savollariga javob topish xabar va ma’lumotning mohiyatini ifoda etsa, nega, nima sababdan, nima maqsadda degan savollarga javob izlash esa voqelikdagi narsa va hodisalar orasidagi umumiy aloqadorlik va bog‘lanish qonuniyatlarini tahliliy nazardan o‘tkazishdir. Birinchisi bilim bo‘lsa, ikkinchisi ilmdir. Ispaniyada sohaviy jurnalistika, boshqacha aytganda, ixtisoslashuv jurnalistikasining mavjudligi kishini hayratlantirmasdan qolmaydi. Bizda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi borligini bilamiz. Ular ham o‘z faoliyatini olib borishda Ispaniya ommaviy-axborot vositalari bilan hamkorlik yo‘sinida, tajriba almashish ma’nosida amalga oshirishsa maqsadga muvofiq bo‘larmidi deymiz. Muayyan tizim yoxud sohaga ixtisoslashgan jurnalistikaning mohiyati mamlakatning taraqqiyotiga xizmat...

Continue reading

Ispaniya ajoyibotlari: Atigi uch kishi ishlaydigan va hatto qorovuli ham yo‘q suv ombori…

Tangri inoyati bilan yaratilgan ne’matlardan biri va eng azizi suvdir. U borliqni yashnatadi, tiriltiradi.  Odamzod, nabotot va hayvonot uchun ham birdek aziz ne’mat u. Poklanish ham, oziqlanish ham u bilan. Ichimlik suvidan tortib ekin-tekinlarning sug‘orilishi, ariq, daryo, ko‘l-u dengizlarning achchiq va chuchuk suvlarining sharaflanishi va taqsimoti dunyoni tashvishga solayotgan global muammolardan biri. Shuning uchun ham suv muammosini hal etishda hamjihatlik va hamkorlikkina ijobiy natijalar berishi mumkinligini bugungi kunda jahon ahli anglab yetgani rost. UzWaterAware loyihasi doirasida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi tomonidan Ispaniyaga uyushtirilgan o‘quv safari ham ana shu maqsadga yo‘naltirilgan. Ispaniya poytaxtidan janubga tomon yurish asnosida mahalliy aholining suvga bo‘lgan munosabati...

Continue reading