«MATONAT MADHIYАSI» YОDGORLIK MAJMUASI OLDIDA
[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Mardlikni, matonatli insonlarni xotirlash va qadrlash ana shunday fazilatga ega insonlarga yarashadi. Urush davrida jasorat va matonatning ramziga aylangan faxriylar bugungi kunimiz uchun fidoyilik namunalarini ko‘rsatganlari bois doimo e’zozu ehtiromga munosibdirlar. Mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari 9-may kuni ushbu shonli sana munosabati bilan barpo etilgan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. O‘zbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushida g‘alabani ta’minlashga ulkan hissa qo‘shgan. Lekin bu jasoratni bor ko‘lami bilan ko‘rsatib beradigan yaxlit majmua yo‘q edi. O‘tgan yili Prezidentimiz ulkan bog‘ barpo etib, xalqimiz...
Continue reading