9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Author: Rahimboy

notiq.uz > Articles posted by Rahimboy (Page 22)

XATTOTLIKDA INNOVATSION USLUBLARNING SHAKLLANISH OMILLARI

(Xattot xati - xalq baxti, tarix taxti sifatida) Kishilik jamiyati tarixida ikkita kashfiyotning alohida o'rni bor. Biri nonning kashf etilishi bo'lsa, ikkinchisi yozuvdir. Ushbu har ikkala moddiy va ma'naviy ixtiro insoniyat tarixining boqiyligiga asos bo'lgan. Xalqimiz uzoq o'tmishi davomida turli xil yozuvlarni istifoda etib kelganidan voqifsiz. Qadimiy uyg'ur, o'rxun-enasoy, so'g'd va hokazo. VII asr oxiridan Qur'on yozuvi ilm-u fan, san'at va davlat ishlarida rasmiy yozuvga aylana borgan. Oqibatda turli zamon va makonlarda o'ziga xos yozuv mashqi va usullarini shakllantirgan xattotlik maktablari vujudga kelgan. Xattotlik asta-asta tasviriy san'at, musavvirlik, naqqoshlik, o'ymakorlik bilan ham uyg'unlashib borgan. Natijada arab yozuvi asosida, uning bejirim harflari zamirida nafis...

Continue reading

KURS TINGLOVCHILARI O’Z TAASSUROTLARI BILAN O’RTOQLASHDILAR.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rustam Abdunazarov: madaniyat so‘zi keng qamrovli tushuncha. Yurish-turish, ko‘rinish-kiyinish madaniyati va hokazo. Ular ichida ajralib turadigani nutq  madaniyati ekanini yana bir bor his etdim. O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar degan xalq maqoli bejiz yaratilmaganini uqdim. Ish jarayonida so‘zlashish, muloqot madaniyati barchaga birdek zarur. Nutq mahoratini, ayniqsa, vazirligimiz tizimidagi barcha xodimlar, ijodkor, san’atkorlar hammalari egallashi kerak. Chunki vazirligimiz nomidanoq bu anglashilib turibdi. To‘g‘ri, keyingi paytlarda ayrim rahbar xodimlarning omma bilan muloqot jarayonida vulgar so‘zlar, haqoratomiz iboralarni qo‘llash holatlari kuzatildi. Bu esa madaniyatli inson, ma’naviyatli rahbar xodim portretiga...

Continue reading

SAMARALI TASHRIF TAASSUROTLARI

Davlat rahbarlarining o‘zaro taklif va tashriflarida har ikkala mamlakat va xalq uchun manfaatli hamkorlik masalalari asosiy maqsad bo‘lishi tabiiy holdir. Har tomonlama hamkorlik zamirida mamlakatlarning taraqqiyoti va farovonligi masalalari yuzaga chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Misrga ikki kunlik rasmiy tashrifida ham xuddi shu maqsad o‘z natijasini ko‘rsatdi. Tashrifning ikkinchi kunida Prezident Abdulfattoh as-Sisi bilan o‘tkazilgan muzokaralar va yakunda davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonot qabul qilishlari, ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasida hujjatlarning imzolanishida ham yuqoridagi mulohazalarning yaqqol ifodasini ko‘rish mumkin. Istaylik, istamaylik, tarixdagi mushtaraklik rishtalari nafaqat savdo-sotiq, balki adabiy-madaniy jabhada ham bo‘y ko‘rsatganini ta’kidlash o‘rinlidir. Birgina misol sifatida arab dunyosi bilan turkiy...

Continue reading

KURS TINGLOVCHILARINING TAASSUROTLARI

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rustam Abdunazarov: madaniyat so‘zi keng qamrovli tushuncha. Yurish-turish, ko‘rinish-kiyinish madaniyati va hokazo. Ular ichida ajralib turadigani nutq  madaniyati ekanini yana bir bor his etdim. O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar degan xalq maqoli bejiz yaratilmaganini uqdim. Ish jarayonida so‘zlashish, muloqot madaniyati barchaga birdek zarur. Nutq mahoratini, ayniqsa, vazirligimiz tizimidagi barcha xodimlar, ijodkor, san’atkorlar hammalari egallashi kerak. Chunki vazirligimiz nomidanoq bu anglashilib turibdi. To‘g‘ri, keyingi paytlarda ayrim rahbar xodimlarning omma bilan muloqot jarayonida vulgar so‘zlar, haqoratomiz iboralarni qo‘llash holatlari kuzatildi. Bu esa madaniyatli inson,...

Continue reading

MUHIM MUAMMOLARGA MUNOSIB MUNOSABAT

Nufuzli davrada oliy minbardan turib umumbashariy muammolarni ko‘tarish insoniyat taqdiri uchun kuyunish chinakam  jasorat desak, xato bo‘lmaydi. 19 sentyabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi Prezidentimiz nutqi ana shu fikrga asos bo‘ladi. Nutqning ruhi va mazmunida uch asos ufurib turdi. Bular hamjihatlik, amaliy hamkorlik va umumiy manfaatlardir. Tabiiyki, mavjud muammolarning yechimi mamlakatlarni maqsadlar yo‘lida jipslashtirishga daxldordir. "Biz o‘tgan yili umumiy xavfsizlik va taraqqiyotga qaratilgan “Samarqand birdamlik tashabbusi”ni ilgari surdik. Asosiy maqsadimiz mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli uchun mas’uliyatni har tomonlama chuqur anglash, ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global muloqotga jalb qilishdan iborat",...

Continue reading

IKKI ELNING YAKDILLIGI TARAQQIYOT TANTANASI

Faoliyatning ikki qanoti bo‘ladi, biri tashabbuskorlik bo‘lsa, ikkinchisi tashkilotchilik. Ana shu qo‘shqanotlik faoliyatga mezon bo‘lsa, mamlakatning ravnaqi, xalqning farovonligi haqida baralla gapirsa bo‘ladi. Davlatimiz rahbarining kuni kecha Qoraqalpog‘istonga tashrifi paytida ana shu uyg‘unlik va munosabatlarning ifodasini ko‘rish mumkin. Yakdillik maqsadlarning mushtarakligidir. Og‘izbirlik ahillik, do‘stlik, eng muhimi, tinchlikning tayanchi, ellarning quvonchi. Ulug‘ shoir Maxtumquli iborasi bilan aytganda, "og‘iz olalik ayirar elni birlikdan." Darhaqiqat, birgalik va birdamlik va bardamlikning hikmati ham shunda. Xalqning hayot tarzi, yashash sharoiti kundan - kunga yaxshilanib borarkan, bu avvalombor, islohot va olib borilayotgan siyosatlarning umidbaxshligidan nishondir. Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda xuddi shunga monand mulohazalarni alohida ta’kidlaganlari...

Continue reading

MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI — MILLAT EHTIYOJI

Har qanday yangilik ehtiyoj va zaruriyatning hosilasidir. Muhtaram Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi“ kitobining muqaddimasi ushbu ibora bilan boshlanadi. “Dunyoda hech bir tong bir xil otgan emas.“ Demak, rivojlanish o‘zgarish, yangilik va evrilishlar badaliga sodir bo‘ladi. Chunki jadallik bilan rivojlanayotgan dunyoda boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Bu harakat hayotning o‘zi ko‘ndalang qo‘ygan muammolarga javob izlash bilan ham izohlanadi. Suv zahiralaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta foydalanishga kiritish zarurati kabi muammolar investitsiya va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, raqamli texnologiyalarini keng joriy etish orqali ilmiy salohiyatni yangi bosqichga ko‘tarishni talab etadi. Ana shu maqsadda “Toshkent irrigatsiya va qishloq...

Continue reading

VATANIY ISH VATANIY ISH BILAN

Zamon va makonlarni bog‘lab turadigan g‘oyalar zahmatkash xalq tarixi va taqdirining taqozosi. Zeroki, insoniyat tarixi g‘oyalarning kurashi tarixidan iborat. Yurt ishqi va vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usiga monand Vataniy ish vataniy ishq bilan yo‘g‘rilsa, maqsad chinakam ma’noda ro‘yobga chiqadi. Bu esa olib borilayotgan siyosat va islohotlarning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka singdirish bilan chambarchas bog‘liq. Bir biri bilan o‘zaro bog‘langan ikkita muhim harakat bugungi hayotimiz yo‘llanmasi va taraqqiyotimiz qo‘llanmasidir. Bu Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni...

Continue reading

VOIZLIKNING JOIZLIGI

Rimning buyuk notig’i Mark Tulliy Siseron shunday degan edi: "Shoir bolib tug’iladilar, notiq bo’lib yetishadilar". Bu shoirlik tug’ma iste'dod, notiqlikni egallash uchun zaxmat chekish kerak, mehnat qilish kerak! – deganday anglashilishi mumkin. Ijodning 99 foizi mehnat, bir foizi iste'dod degan mashhur ibora har ikkalasiga ham baravar taalluqli. Notiqlikni shoirlik bilan, shoirlikni notiqlik bilan o’z taqdirida bog’lash bu juda  mushkul hodisa! Lekin mashhur voiza, iqtidorli shoira va yozuvchi bir so‘z bilan aytganda ma’rifatparvar ayol – Tursunoy Sodiqova har ikkalasining ham uddasidan chiqa olgan, o‘z faoliyatida har ikkalasidan unumli foydalana olgan zoti sharifa edilar. Yodimda, Tursunoy opa Sodiqova Respublika Manaviyat va Marifat markazida...

Continue reading

TINCHLIGIMIZ TAYANCHLARIGA TABRIK

Ozod va obod yurtga bayram va to‘ylar yarashadi. Har qanday davlatning obodligi, ozod va shodligi tinchlik tushunchasi bilan bog‘liq ekan, demak, jamoat tartibi va osoyishtalikni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni sharaf deb bilgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati va hurmati doimo yuqori darajada bo‘lishi tabiiy. Qishning qahratoni, yozning saratoni bo‘lsa ham turli tabiiy va ijtimoiy ofatlar paytidayam ular doimo kamarbasta. Pandemiya sharoitida ularning ko‘rsatgan jonbozliklari fikrimizning dalilidir. 25 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan muhtaram prezidentimizning tabrigida ham soha xodimlariga bo‘lgan samimiyat va ehtiromni his etmaslik mumkin emas.       Davr bilan hamqadam va hamnafaslik barcha soha...

Continue reading