O‘ZBEKISTON BIRINCHI XONIMI ZIROAT MIRZIYOYEVA ONKOLOGIYA YO’NALISHIDA GLOBAL YETAKCHILAR RO’YXATIGA KIRDI
OncoDaily xalqaro platformasi saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha jahon kun tartibini belgilovchi yetakchilarni o‘z ichiga olgan «Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol» reytingini e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekiston Birinchi xonimi, «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ham bor. Ekspertlar Ziroat Mirziyoyevaning bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash tashabbuslarini ilgari surish, bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha global harakatni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasini e’tirof etdi. «Ziroat Mirziyoyeva 2025 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va St.Jude tadqiqot shifoxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga...
Continue reading