9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Author: Rahimboy

notiq.uz > Articles posted by Rahimboy (Page 12)

ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH — DAVR TALABI

 Ma’lumki, Elektr energiyasidan samaralifoydalanish – bu energiyani minimal sarf bilan ishlatishva ishlatish jarayonida uning sarflanishinioptimallashtirishdir. Bu nafaqat elektr energiyasinitejashga, balki atrof-muhitni muhofaza qilish vaiqtisodiy jihatdan foyda olishga ham yordam beradi.Xuddi shu maqsadda texnika va texnologiyaningsoz va nosozligini tekshirish har tomonlama zarur. Ayniqsa, Podstansiyalarning uzluksiz ishlab turishiaholi ehtiyoji uchun muhimligi oynadek ravshan.Biz universitetimizning "Energetika" fakultetidekani Abdusaid Isaqov bilan birga "Yashnobod" tumanidagi "Olmos" mahallasida joylashgan, "Hududiyelektr tarmoqlari" Toshkent shahar hududiy filialigaqarashli "Olmos" 110/35/10 kv. podstansiyasigabordik. Navbatchi elektr montyor  Baxtiyor Yakubovhamda  Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasimuhandisi Ilhom Artikov hamrohligida ob’ektlarniaylanib batafsil tanishdik.  Elektr podstansiyalari — elektr energiyasini qabulqilish, uzatish va tarqatish jarayonlarini ta’minlaydiganmuhim...

Continue reading

YeTTB Xorazmda yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash uchun imtiyozli qarz ajratdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) «D 213 «Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo daryosi — A380» avtomobil yo‘lining 0 — 84 km qismini rekonstruksiya qilish» loyihasi uchkn 4 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 18 yil muddatga 238 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi.PQ-390-son qarorda ta’kidlanishicha, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 294,1 mln AQSh dollari bo‘lib, bunda YeTTBning ulushi 238 mln AQSh dollari, O‘zbekiston Respublikasining ulushi esa 56,1 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni tashkil etadi.Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2 yillik kafolat davrini hisoblagan holda 2024 — 2029...

Continue reading

Xorij kompaniyasi O‘zbekistonda quvvati 2 ming MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini quradi

Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP-29 anjumani doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi o‘rtasida Respublika bo‘ylab umumiy quvvati 2000 MVt⋅soat bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.Loyiha doirasida Respublika bo‘ylab yagona energetika tizimida o‘rganishlar o‘tkaziladi va o‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda hududlar tanlanib, elektr energiyasini saqlash tizimlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.Dastlabki baholashlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 1,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.Loyiha qurilishi davrida 1000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi. ...

Continue reading

Yangiyo‘lda 5 kishini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxsning sud ishi boshlandi

Joriy yilning 27-iyul kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 5 nafar shaxsni qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlangani va holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingan edi. Bugun Toshkent viloyati sudida Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam o‘ldirish), 118 (nomusga tegish), 134 (qabrni tahqirlash), 164 (bosqinchilik) va 173 (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Z. S. ga (erkak, 1995-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan) oid jinoyat ishini birinchi instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.«Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha...

Continue reading

AQSh Sherdor madrasasini muhofaza qilish uchun 500 ming dollar ajratadi

AQSh Samarqanddagi Sherdor madrasasida konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirishga qaratilgan loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun 500 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratadi.AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan taqdim etilgan loyiha dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan saralash bosqichida tanlab olindi va tanlov tarixida O‘zbekiston uchun eng yirik summa ajratishga qaror qilindi.Madaniy meros agentligi Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (IICAS) texnik ko‘magida, mahalliy hunarmandlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda Sherdor madrasasi fasadida konservatsiya va restavratsiya ishlarbni amalga oshiradi. Loyiha sifati va samaradorligini oshirish uchun xorijlik mutaxassislar ham taklif etiladi.«Biz Registon maydonidagi go‘zal va ramziy Sherdor madrasasining konservatsiya ishlarida ishtirok etayotganimizdan...

Continue reading

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni qabul qildi.Qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va «yashil» energetika sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Davlat rahbari O‘zbekiston energetika sohasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgan yetakchi «ACWA Power» kompaniyasi bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi.Mamlakatimiz hududlarida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, shuningdek, «yashil» vodorod ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘zbekistonda mahalliylashtirish va korxonalar energiya samaradorligini oshirish jarayonlariga Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilarini jalb etish...

Continue reading

Prezident Mirziyoyev Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportda kutib olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga keldi.Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ar-Riyod viloyati rahbariyati – shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O‘zbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.Tadbir kun tartibiga muvofiq, G‘azo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi. ...

Continue reading

        YASHIL MAKON -YANGI IMKON

        Tabiatning goʻzalligi jonu tanning chiroyi kabi mohiyatlidir. Shuning uchun ham tabiatni tanaga, jamiyatni jonga qiyos qilinishi bejiz emas. Tabiatning gullab yashnashi kislorodning koʻpayishiga bogʻliq boʻlarkan, nihol ekish, koʻchat oʻtqazishning ham bu borada hikmati katta.“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi ham bu jarayonga oʻzini masʼul deb biladi. Dastavval, “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida keyin esa Universitetimizning Oʻrta Chirchiq tumanidagi Oʻquv tajriba xoʻjaligida “Yashil makon” loyihasi boʻyicha oʻz faoliyatini boshlab yuborishdi.Maʼlumki, aholining hayot sifatining uzviy bir qismi salomatlik, umr koʻrish davomiyligi, atrof-muhit ekologik sharoitlarni, axloqiy-psixologik iqlim, maʼnaviyatni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda aholi hayoti sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jumlasida mamlakatimizda...

Continue reading

O‘zbekiston bo‘ylab 32 mingdan ortiq elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari o‘rnatiladi – Hukumat qarori

Hukumat qarori bilan mamlakatda 2024−2025 yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari tasdiqlandi.Unga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha O‘zbekiston bo‘ylab 32,4 mingta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Ularning deyarli to‘rtdan uch qismi uy-joylar atrofidagi avtoturargohlarga to‘g‘ri keladi.Davlat tasarrufidagi bo‘sh turgan, shuningdek, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat korxonalari hududida stansiyalarni o‘rnatish joyi «K-Savdo»da elektron onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi.Bunda stansiyalarni qurish uchun barcha sharoitlarga ega o‘rnatish joylari «yashil» toifa, qo‘shimcha kommunikatsiya tarmoqlarini qurish zaruratiga ega joylar «sariq» toifa sifatida belgilanadi. Ularni qurish esa g‘olib tomonidan amalga oshiriladi.Hududlarda stansiyalar o‘rnatiladigan hududlar 120 oygacha foydalanish huquqi bilan auksion orqali sotilishi yoki ijaraga berilishi...

Continue reading

Rasman: Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi

Qariyb ikki yil muqaddam Prezident farmoni bilan Jo‘rabek Rahimovich Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Prezidentning bugun, 2024-yil 5-noyabrdagi tegishli farmoni bilan esa Jo‘rabek Raximov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga rasman tayinlandi.Eslatib o‘tamiz, J.Rahimovga qadar viloyatga Farhod Ermanov hokimlik qilgan va u 2022-yilning dekabrida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tasdiqlangan edi. ...

Continue reading