O‘ZBEKISTON PREZIDENTI SANKT-PETERBURG BILAN HAMKORLIK BO’YICHA «YO’L XARITASI «NI AMALGA OSHIRISH MUHIMLIGINI TA’KIDLADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston – Rossiya o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytirish, eng avvalo, Sankt-Peterburg shahri bilan iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘sayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi – o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra hududlar darajasidagi eksport-import hajmi 20 foizga oshdi. Poytaxtimizda Ishbilarmonlik markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etish loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Rossiya delegatsiyasining bu galgi tashrifi chog‘ida metallurgiya, uskunasozlik, yo‘l qurilishi, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, logistika hamda boshqa...
Continue reading