9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

SHAVKAT MIRZIYOYEV PUTINNI TUG‘ILGAN KUNI BILAN TABRIKLADI

notiq.uz > Yangiliklar  > SHAVKAT MIRZIYOYEV PUTINNI TUG‘ILGAN KUNI BILAN TABRIKLADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV PUTINNI TUG‘ILGAN KUNI BILAN TABRIKLADI

7 oktyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa ravnaq tiladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlarining oʻsish surʼatini davom ettirish, yetakchi korxona va kompaniyalarning sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlarining ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.