O‘ZBEKISTON VA FINLYANDIYA YETAKCHILARI IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH IMKONIYATLARINI MUHOKAMA QILDILAR
09.09.2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-sentyabr kuni Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston bilan Finlyandiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda yanada kengaytirish masalalari Finlyandiya Prezidentining mamlakatimizga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik nuqtayi nazaridan atroflicha ko‘rib chiqildi. Konstruktiv siyosiy muloqotlar va parlamentlararo almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2024-yilda tovar ayirboshlash 24 foizga oshdi. 2022-yildan mamlakatimizda Finlyandiyaning "Nordik" universiteti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi, kimyo, energetika, konchilik, telekommunikatsiya va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, jumladan, ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlariga alohida e’tibor...
Continue reading