BAXSHINING BAXTI
U tinib-tinchishni bilmaydigan, g‘ayrat va shijoatga to‘la inson. O‘z maqsadi yo‘lida aslo chekinmaydigan, sobitqadam, fidoyi ustoz. Ochiq ovoz bilan ijro etiladigan Xorazm dostonchilik maktabining ilg‘or peshqadamlaridan biri. U hozirda ham Xorazm dostonchilik an’asining rivojiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan va ayni paytda shu maktabning yangi vakillarini kashf etishda ham ildam bo‘lgan ustazoda san’atkor. Gap 4 aprel kuni muborak 90 yoshni qarshilayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, «Madaniyat va san’at fidoyisi» ko‘krak nishoni sovrindori Otaxon baxshi Matyoqubov haqida. Odatda bu yoshga kirish qiyin, kirganda ham obro‘, e’tibor bilan shogirdlar ehtiromida bo‘lish mushkul. Yoshlarga ibrat bo‘lib kelayotgan Otaxon akaga havasingiz keladi. Aksariyat...
Continue reading