Muqallidlik san’ati
San’at turlari va shakllarining rivoji dialektik jarayon bo‘lib, ular davrlar o‘tishi bilan o‘ziga xoslik kasb etib, rivojlanib boradi. O‘zbek milliy san’ati tarixida ham xilma-xil janrlar bo‘lganligi ma’lum. Ulardan ba’zilari unutilib ketgan, ayrimlari davr hamda ijtimoiy sharoit taqozosiga ko‘ra, o‘z rivojini to‘xtatgan yoxud tor doirada saqlanib qolgan. Bunga ommaviy qo‘shiqchilik, bir paytlar mashhur va maqbul bo‘lgan qissaxonlik, qissago‘ylik san’atlarining tarixiy taqdirini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Mavzuimizga asos bo‘layotgan – muqallidlik ham ana shunday san’at turlaridan biri bo‘lib, u o‘ziga xos tarixga va an’anaga ega. “Farhangi zaboni tojik” (M.1969, 793- bet) kitobida yozilishicha, “muqallid” arabcha so‘z bo‘lib, kishilarning qiliq va so‘zlariga taqlid va...
Continue reading