So‘zlar ila so‘zlashar
Davlat boshqaruvida ham, xalq orasida ham alohida e’tiborga molik san’atlardan biri bu suxandonlik san’atidir. SHuning uchun ham uning shartlari, mezonlari haqida qator manbalarda ma’lumotlar uchraydi. Ulardan biri XI asrda yashagan Amir Unsurulmaoliy Kaykovusning «Qobusnoma»sidir. Unda bu san’at tabiati bilan bog‘liq muhim mulohazalar ilgari surilgan. Suxandon so‘zining o‘rnini, tabiatini to‘g‘ri belgilashi lozim. So‘zning to‘rt navi borligi, uni qo‘llaydiganlar ham to‘rt xil bo‘lishi ta’kidlab o‘tiladi. So‘z martabasi kishi bilan emas, kishi martabasi so‘z bilan ekani uqtirilib, har bir so‘zning ikki yuzi bor: «biri xub, biri zisht»,-deyiladi. Xub – yaxshi, zisht – yomon demakdir. Buni bilish fakat so‘z ustalariga emas, balki hamma uchun zarurdir. Husayn...
Continue reading