IKKI ELNING YAKDILLIGI TARAQQIYOT TANTANASI
Faoliyatning ikki qanoti bo‘ladi, biri tashabbuskorlik bo‘lsa, ikkinchisi tashkilotchilik. Ana shu qo‘shqanotlik faoliyatga mezon bo‘lsa, mamlakatning ravnaqi, xalqning farovonligi haqida baralla gapirsa bo‘ladi. Davlatimiz rahbarining kuni kecha Qoraqalpog‘istonga tashrifi paytida ana shu uyg‘unlik va munosabatlarning ifodasini ko‘rish mumkin. Yakdillik maqsadlarning mushtarakligidir. Og‘izbirlik ahillik, do‘stlik, eng muhimi, tinchlikning tayanchi, ellarning quvonchi. Ulug‘ shoir Maxtumquli iborasi bilan aytganda, "og‘iz olalik ayirar elni birlikdan." Darhaqiqat, birgalik va birdamlik va bardamlikning hikmati ham shunda. Xalqning hayot tarzi, yashash sharoiti kundan - kunga yaxshilanib borarkan, bu avvalombor, islohot va olib borilayotgan siyosatlarning umidbaxshligidan nishondir. Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda xuddi shunga monand mulohazalarni alohida ta’kidlaganlari...
Continue reading