NAVBATDAGI YANGI MARRA, YANGI YUTUQ
Har qanday qutlugʻ qadamlar ulugʻ maqsadlar saridir. Yutuqlar yangi marralarga chorlaydigan ilhombaxsh kuchdir.
Bugungi kunda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti – yuqori va qudratli, ulugʻvor va nufuzli, muhim va baland marralarni quyib magʻrur va keng koʻlamli maqsadlarni koʻzlagan, yaqin istiqbolda dunyo reytinglariga kirishga daʼvogarlik qilayotgan hamda oʻzini global arenada “Ixtisoslashgan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar markazi” sifatida koʻrayotgan universitetdir ekanligi hammamizni gʻururlantiradi va yanada jipslashtiradi.
Buning boisi Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat va islohotlarning oliy taʼlim tizimidagi samarasi sifatida izohlanishi oʻrinlidir. Maʼlumingizkim, 2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.
Mazkur konsepsiya asosida oliy taʼlimni bosqichma-bosqich rivojlantirish boʻyicha koʻplab qaror va farmonlar chiqarildi.
Unga koʻra respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP 1 000 talikda va 2ta OTM birinchi 500 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kirish belgilangan edi.
Shu bois universitet va uning koʻp sonli professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchi-olimlar, xodimlar va talabalardan iborat jamoasi zimmasiga ulkan vazifalar qoʻyilgan.
Bugun ertalabdan yangi yutuqlar bilan bir-barlarini oʻzaro tabriklash maqsadida universitetimizning jamolasi va nufuzli mehmonlar kirish joyida jam boʻlishdi. Bayramona tusda, rango rang sharlar bilan bezatilgan sahnda jamoani yutuqlari bilan qutlash niyatida dastavval, soʻz universitet rektori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovichga berildi. Ular oʻz tabrik nutqida Universitet oʻz faoliyatida oʻzining oʻquv va ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, xalqaro miqyosda nufuzini oshirish va mamlakatning barqaror rivojlanishi boʻyicha mavjud muammolarga ilmiy yechimlarini topish va tadqiqotlar oʻtkazish orqali taʼlim, tadqiqot hamda salohiyatni rivojlantirish maqsadlariga alohida ahamiyat qaratgani xususida soʻz yurita turib ushbu maqsadlar roʻyobida jamoaning hamjihatlik va yuqori salohiyat bilan dadil qadamlari oʻz natijasi va samarasini berayotganini taeʼkidlab oʻtdi. Bu borada dastlabki ishlarni boshlab bergan rahmatli ustozimiz Oʻ.P Umurzakov boshchiligida: QS World University Rankings Sharqiy Yevropa Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha 2019 yilda 350 oʻrinda, 2020 yilda 300, 2021 yilda 211 oʻrinlarda boʻlganini eʼtirof etdi.
Shuningdek, 2022 yilda Osiyo va Tinch okean mintaqasida 337 oʻrinda, 2023 yilda esa 88 pogʻona yuqorilab, 249 oʻrinni, Markaziy Osiyo universitetlari orasida 9 oʻrinda, Milliy tadqiqot universiteti, Oʻzbekiston universitetlari orasida 1 oʻrinda eʼtirof etilgani, QS xalqaro reyting agentligi tomonidan Universitetga 4 yulduzli universitet maqomi berilgani, yaʼni 689 ball bilan, 5 yulduzli universitet maqomiga — 11 ball yetmagani bu yil albatta, eng yuqori marraga erishishimizni qayd etdi.
Ayni paytda yutuqlarimizning davomi sifatida ushbularni taʼkidlash oʻrinlidir. QS Subjects Dunyo reytingida TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti fan sohalari (Muhandislik va texnologiyalar; Tabiiy fanlar; Ekologiya va atrof — muhit muhofazasi) boʻyicha TOP 500 talik universitetlar qatoridan joy olgani, oʻtgan yili 5 dekabr kuni London shahrida QS xalqaro reyting agentligi tomonidan 2024 yilda barqaror rivojlanish sohasida dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi QS World University Rankings: Sustainability 2024 ning yangi roʻyxati eʼlon qilindi. “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti (701-710) ilk bor eng kuchli universitetlar qatorida qayd etildi.
Rektor nihoyat uzoq yillar mehnat qilingan va kutilgan natijaga erishilganini, yaʼni Oʻzbekiston oliygohlari orasida ilk bor QS World University Rankings yaʼni dunyo reytingida universitetimiz TOP 1000 talik universitetlar qatorida 547 — oʻrinda eʼtirof etilganini eʼlon qildi. Shu zahoti, qarsaklar sadosi va olqishlar yangradi.
Rektor jumladan, shunga mos ravishda Universitetning yaqin va uzoq muddatlarga moʻljallangan strategik rivojlanish dasturi boʻyicha erishiladigan reja va vazifalarni ham qayd etib oʻtdi.
Keyin esa tabrik navbati Suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Qarshiyev Rustam Joʻrayevichga berildi. U taʼlim tizimidagi yutuqlar bilan jamoani muborakbod etdi. Undan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan Boshqarma boshligʻi Shuhrat Yoqubovga soʻz berildi. U oʻz tabrigida bu gʻalabalarning garovi oʻziga xos tarixga ega ekani borasida oʻz mulohazalarini bildirib oʻtdi.
Keyin tadbirning kulminatsion nuqtasiga yetib kelindi. Ramziy tasmani qirqish va ulkan yutuq aks etgan bannerning namoyish etishlari uchun rektor B. Mirzayev va Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari R. Qarshiyevlar taklif etildi. Bannerda aks etgan yutuq belgisi va 547 raqamini koʻrganimiz zahoti xursandlik va iftixor tuygʻulari gulduros qarsaklar bilan uygʻunlashib ketdi.
Ushbu kun shubhasizki, tarixga muhrlanadigan sana sifatida yodda qolishi aniq. Barcha rasmga tushish asnosida mangulik muhri va mehrini bildirdi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI