9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

SO‘Z – BU QUDRATLI KUCH

notiq.uz > Yangiliklar  > SO‘Z – BU QUDRATLI KUCH

SO‘Z – BU QUDRATLI KUCH

Joriy yilning 11-iyun kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish boʻyicha 2024-yil uchun moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ga asosan vazirlik tizimida faoliyat koʻrsatayotgan rahbar xodimlarda xalq bilan muomala madaniyatida rahbar maʼnaviyati, ogʻzaki nutq, muloqot mahoratini oshirish maqsadida “Notiqlik sanʼati: kommunikativ kompetentlik, muloqot va muomala madaniyati asoslari” mavzusida belgilangan reja asosida oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda “Notiqlik sanʼati Akademiyasi” NTMning rahbari, professor Rahimboy Jumaniyozov, yuridik fanlari doktori, professor Boboqul Toshev va Feruza Muhiddinova hamda falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova ishtirok etdi.

– Oʻrta Osiyo xalqlari qadimda soʻzga chechan kishilarni qadrlab kelgan. Oʻsha davrda notiqlik sanʼati – voizlik, notiqlar – voiz, nutq esa vaʼz deb atalgan, deydi – Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi O.Maxmudov. – Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulf” nomli falsafiy asarining 24-faslini “Nasihat ahli va voizlar zikrida” deb ataydi, bunda, voizlik sanʼatiga, vaʼzga, voizga oʻz munosabatini bildiradi.

             Notiqlik sanʼati Akademiyasining rahbari, professor Rahimboy Jumaniyozov o‘quv kursi belgilangan reja asosida, o‘n kun davomida tinglovchilarga nutq madaniyati bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tganligini ta’kidlab, jozibali, teran so‘z va gaplarning jonli nutq orqali ifodalanishi notiqlik san’atining asosi sanalishini so‘zlab o‘tdi.

Mazkur kursdan ko‘zlangan asosiy maqsad rahbar xodimlarni jamoatchilik bilan bo‘ladigan munosabatlarda erkin muloqotni, asosli fikrlarni, ixcham, xalqchil, aniq va lo‘nda ifodalash, shuningdek, muomala madaniyatini yuksaltirishdan iborat.

Tadbir so‘ngida mazkur kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.