AQSHNI IXTIYORIY TARK ETGAN NOQONUNIY MUHOJIRLARGA 3 MING DOLLARDAN PUL BERILADI
Foto: AP AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem yaqin soatlarda noqonuniy muhojirlarni mamlakatni darhol tark etishga chaqiruvchi umummilliy va xalqaro miqyosdagi ko‘p million dollarlik reklama kampaniyasi boshlanishini e’lon qildi. Vazir Noemning ma’lum qilishicha, yil oxirigacha «CBP Home» ilovasi orqali mamlakatdan o‘z ixtiyori bilan chiqib ketgan noqonuniy muhojirlar 3000 dollar miqdorida bonus olishlari mumkin. «Ular bu «sovg‘a»dan foydalanib, Qo‘shma Shtatlarni ixtiyoriy ravishda tark etishlari kerak, aks holda biz ularni topamiz, hibsga olamiz va ularni bir umrga deportatsiya qilamiz», – deb yozadi Noem. Qo‘shimcha qilinishicha, maxsus operatsiya doirasida so‘nggi ikki hafta ichida mingdan ortiq noqonuniy muhojir-jinoyatchi hibsga olingan. Kristi Noem ularni «avvalgi ma’muriyat davrida AQSh hududida qo‘yib yuborilgan...
Continue reading