ULUG’ XALQ QUDRATINING TARANNUMI
Shunday siymolar borki, ular muayyan xalqning, ma’lum bir davrning barometri sifatida ularning qalbi va ruhoniyatining ko‘zgusi bo‘la oladi. Shubhasizki, Abdulla Oripov ana shunday adiblardandir. Joriy yilning 12 iyun kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tashabbusi bilan O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovga bag‘ishlangan “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamonni kuylagan shoir” mavzusidagi “ZOOM” platformasi orqali onlayn – forum tashkil etildi. Onlayn forumni dastavval, kirish so‘zi bilan institut rektori professor Umurzakov O‘ktam Pardaevich samimiy istaklar bilan ochib berdilar. Tadbirda moderatorlik qilayotgan institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Choriev onlayn forumning mohiyati bilan bog‘liq holda o‘z fikr-mulohazalarini aytib, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi,...
Continue reading