O‘ZBEKISTON FUTBOLCHILARI MINTAQAVIY KUBOKNI QO‘LGA KIRITDI
Poytaxtimizdagi Olimpiya stadionida “CAFA Nations Cup” turnirining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi. Finalda O‘zbekiston va Eron milliy jamoalari bahs olib bordi. Asosiy vaqtda gol urilmagach, qo‘shimcha taymlar belgilandi. Ular ham durang bo‘lib, o‘yin penaltilar seriyasiga qarab ketayotgan paytda O‘zbekiston g‘alaba golini kiritdi. 120-daqiqada qanotdan oshirilgan to‘pni Hojiakbar Alijonov boshi bilan raqib darvozasiga yo‘lladi. Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2025-yilgi “CAFA Nations Cup” g‘olibi bo‘ldi. Muzaffar futbolchilarimizga oltin medallar va kubokni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev topshirdi. Taqdirlash marosimida FIFA rahbari Janni Infantino va boshqa rasmiy shaxslar ham ishtirok etdi. Ushbu kubok o‘yinlari jahon chempionatiga chiqqan futbolchilarimiz uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini...
Continue reading